Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:19

BMT: Suriyaning Madaya shahridan 400 kishini darhol evakuatsiya qilish darkor


BMT rasmiylari Suriyaning qurshovda qolgan Madaya shahridan 400 kishini darhol evakuatsiya qilish kerakligini aytmoqda. BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha mutasaddisi Stiven O’Brayen 11 yanvar kuni Xavfsizlik kengashida qilgan chiqishida bu odamlar isyonchilar nazoratida qolayotgan shahardan olib chiqilmasa, “ochlik yoki boshqa tibbiy sabablarning oqibatlaridan” nobud bo‘lishi mumkin, deya bildirdi.

BMT Xavfsizlik kengashi kecha Damashq yaqinidagi isyonchilar nazoratida qolayotgan Madaya shahridagi vaziyatni muhokama qildi.

11 yanvar kuni gumanitar konvoy shahar aholisiga oziq-ovqat, dori, issiq ko‘rpa va chodirlarni keltirdi.

Prezident Bashar Assad qo‘shinlari Madayani qurshab olgani bois, shaharning 40 mingga yaqin aholisi o‘tgan yilning iyul oyidan beri oziq-ovqat va dori-darmonsiz qolayotgan edi. Xabarlarga ko‘ra, shahar ahli it va mushuk kabi uy hayvonlarini yeyishga majbur bo‘lishgan.

Kecha gumanitar konvoylar shuningdek isyonchilar qurshovida bo‘lgan Foah va Kefraya shaharchalariga ham kiritildi. U erda taxminan 20 mingga yaqin odam o‘tgan yilning mart oyidan beri tashqi dunyodan uzilib qolayotgan edi.

XS
SM
MD
LG