Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:39

Ozodlik radiosi Bishkek byurosi eks-direktori Ombudsmen lavozimiga saylandi


Ozod Evropa/Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati – Azattiq radiosining Bishkekdagi byurosi sobiq direktori Kubat Otorbayevni Qirg‘iziston parlamenti – Jo‘g‘o‘rqu Kenesh Qirg‘iziston Haqiqatchisi (Ombudsmenning bu mamlakatda qabul qilingan rasmiy nomi) lavozimiga saylandi.

Otorbayev 8 nomzod orasida 105 o‘rinli parlament deputatlarining 66 nafari ovozini olib Qirg‘izistonning bosh inson huquqlari himoyachisi bo‘ldi.

Kubat Otorbayev Azattiq radiosining Bishkekdagi byurosi direktorligidan mamlakat milliy teleradiokompaniyasi yetakchisi lavozimiga o‘tgan edi.

Azattiqning yana bir jurnalisti Janar Akayev yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovda Qirg‘iziston parlamenti deputatligiga saylangan. Parlamentga kelgunicha Janar prezident Atambayevning matbuot kotibi bo‘lib ishlagan.

Azattiq radiosining Bishkekdagi byurosi hozirgi direktori Sultan Kanazarov Qirg‘iziston eks-prezidenti Roza O‘tunbaevaning matbuot kotibi bo‘lib ishlagan. Kanazarov prezident ma’muriyatiga Azattiqdagi jurnalistlik faoliyatini to‘xtatib o‘tgan.

XS
SM
MD
LG