Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:35

Markaziy bank VISAga oid xabarlarni sharhlar ekan, asosiy masalaga to‘xtalmadi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatdagi banklar tomonidan chet el valyutasini rasmiy kurs bo‘yicha sotish rejimi kuchaytirilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni 29 dekabrda inkor etdi, deb xabar qildi ca-news agentligi.

Markaziy bankka ko‘ra, bu sohada qonunlarga qandaydir o‘zgartishlar kiritilishi rejalashtirilmagan.

Markaziy bankning bu bayonoti ayrim ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan xabarlarga javob ekanligi aytildi.

O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklari mijozlar xorijga chiqqanda ​foydalanaladigan ​xalqaro VISA plastik kartasi berishni vaqtincha to‘xtatgani, bank mulozimlari buning sababini valyuta zaxirasining kamayganligi bilan izohlayotgani to‘g‘risida 29 dekabr kuni Ozodlik xabar qilgan edi.

Unda valyuta ayirboshlashni tartibga soluvchi qonunlarga o‘zgartish kiritilgani yoki kiritilayotgani to‘g‘risida so‘z yo‘q, mijozlarga VISA kartalarini berish to‘xtatilganini banklarda chet el valyutasi kamligi yoki yo‘qligi bilan izohlanayotgani to‘g‘risida xabar qilingan edi.

Masalan, “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat bankining o‘zini tanishtirmagan mulozimi Ozodlik bilan suhbatda haqiqatan ham mijozlarga xalqaro VISA kartalari berish to‘xtatilganini tasdiqlar ekan, bunday degan edi:

“Haqiqatan ham konversion kartalar hozir mijozlarga ochilmayapti. Valyuta balansimiz minusda bo‘lganligi uchun xalqaro VISA kartasi berishni vaqtincha to‘xtatdik. Mijozlarga yanvar oyining ikkinchi yarmidan keyin xabar oling, deyapmiz”, dedi bank mulozimi.

XS
SM
MD
LG