Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:44

“O‘zbekenergo” To‘raqo‘rg‘on IES qurilishi uchun tender e’lon qildi


“O‘zbekenergo” hissadorlik shirkati 29 dekabrda Namangandagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasining ikki energobloki qurilishi yuzasidan tender e’lon qildi.

Shirkat bundan 1 oy muqaddam tender natijalari 2016 yilning may – iyun oylarida e’lon qilinajagi, 2016 yilning ikkinchi yarmidan esa loyihani amalga oshirish ishlari boshlanajagi to‘g‘risida xabar qilgan edi.

To‘raqo‘rg‘on issiqqlik elektr stantsiyasini barpo etish yuzasidan qurilish ishlari 2013 yil avgustida boshlangan edi. Mazkur inshootning loyihaviy quvvati 900 MVtni tashkil qiladi va yiliga 7 milliard kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasining birinchi energobloki 2018 yilda, ikkinchi energoblok 2019 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning qiymati 1 milliard 100 million dollardir. Bu mablag‘ning 704 million dollari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, 300 million dollari esa O‘zbekiston qayta qurish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan berilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda umumiy quvvati 12,4 ming MVtga teng bo‘lgan 45 ta elektr stantsiyasi bor.

Energiya, xususan elektr energiyasi taqchilligi keyingi yillarda O‘zbekistonda surunkali xarakter kasb etgan.

XS
SM
MD
LG