Линклар

Шошилинч хабар
03 июл 2025, Тошкент вақти: 09:59

O‘zbekistonda jamoat joylarida tamaki chekkanlar jarimaga tortiladi


O‘zbekistonda jamoat joylarida tamaki mahsulotlari iste’mol qilganlarga bugun – 30 dekabrdan boshlab eng kam ish haqining uchdan biri – ya’ni 43 ming so‘m miqdorida jarima solinadi.

O‘zbekistonda tamaki chekishga oid birinchi marta joriy etilayotgan bu jazo chorasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritildi va uni prezident Karimov 29 dekabrda imzoladi. Hujjat 30 dekabr kuni kuchga kirdi.

Yangi qoidaga binoan ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in xavfi kuchli joylar, jumladan avtomobillarga yonilg‘i quyish shohobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki chekish mumkin emas.

Tamaki chekishga ajratilgan maxsus joylardagina ruxsat beriladi.

Yangi qoida nos chekishga nisbatan ham joriy etilgani xabar qilindi.

Bu haqda xabar qilgan gazeta.uzga ko‘ra, jamoat joylarida tamaki chekishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun 2012 yili qabul qilingan, lekin u hujjatda jazo choralari belgilab qo‘yilmagani uchun qonun ishlamayotgan edi.

XS
SM
MD
LG