Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 03:01

Milliy valyutaga bepisand fuqarolar tanqid qilindi


Yangi o‘quv yilidan abiturientlarning hujjat topshirishi barvaqt boshlanadi.Oldi-berdilardagi kelishmovchilik sabab ayrim to‘ylar buzilib ketmoqda.Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

Yangi o‘quv yilidan abiturientlarning hujjat topshirishi barvaqt boshlanadi

2017-2018 o‘quv yilidan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga hujjat qabul qilish muddati 15 iyundan 15 iyulga qadar bo‘ladi. Bu haqda bir qator matbuot nashrlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga tayanib xabar beradi. Yangi tartibga ko‘ra, oliy harbiy ta’lim muassasalari test sinovi 5 iyul kuni o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, bu o‘zgarish abiturientlarga qulaylik yaratish va ta’lim muassasalarini test jarayoniga barvaqt tayyorlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Oldi-berdilardagi kelishmovchilik sabab ayrim to‘ylar buzilib ketmoqda

O‘zbekistonda bo‘lajak quda-andalarning oldi-berdilardagi kelishmovchiliklari sabab yoshlarning fotihasi buzilib, to‘y bekor bo‘lmoqda (“Oila davrasida”, 29 dekabr).

Ayrim kuyovlar kelin tomondan qimmatbaho sarpo, gohida esa mashina talab qilmoqda va talabi amalga oshmagan hollarda to‘y qilish istagidan voya kechmoqda.

Qayd etilishicha, yigitlarning bo‘lg‘usi qaynota-qaynonasidan sovg‘alar tama qilishi orsizlikdir. “Haqiqiy o‘zbekman deya ko‘krak kergan o‘g‘lon qiz boladan nimadir umidvor bo‘lishni o‘ziga ep ko‘rmaydi, ularning nazdida bu yigit kishiga uyat hisoblanadi” deb yozadi gazeta.

O‘zbek adibi Erkin A’zamning kitobi Londonda ingliz tilida chop etildi

O‘zbekistonlik yozuvchi Erkin A’zamning “Buyuk osiy Shayx San’on vorislari” (Heirs to the Great Sinner Sheikh San’on) kitobi Londonda ingliz tilida chop etildi (“Kitob dunyosi”, 28 dekabr).

“Hertfordshire Press” nashriyoti chop etgan to‘plamga yozuvchining beshta nasriy asari kiritilgan. “Bugungi o‘zbek nasrining eng sara namunalari sanalgan mazkur asarlarda tarixning burilish davrida yashagan insonlar qismati, zamondoshlari ruhiyatida kechayotgan o‘zgarishlar jamiki ziddiyatlari, musbatu manfiy jihatlari bilan qalamga olingan” deb yozadi gazeta.

Qayd etilishicha, bu zamonaviy o‘zbek adiblari kitobining Londonda ilk bor nashr etilishidir.

Milliy valyutaga bepisand irimchi fuqarolar tanqid qilindi

Irim-cirimga berilgan ayrim o‘zbekistonliklar milliy valyutaga hurmatsizlik qilmoqda (“Hurriyat”, 28 dekabr).

Masalan, Buxorodagi tarixiy Ark yonidagi Amir zindoniga ziyoratchilarning milliy so‘mlarni sochishi odati bor.

“Navoiy viloyatidagi ko‘hna Nurota chashmasi majmuasida, respublikamizning boshqa joylaridagi ayrim ziyoratgohlarda ham pullarni quduqqa tashlash, daraxtlarga osish hollari uchrab turgani achinarlidir. Yoki ayrim irimkash yurtdoshlarimizning darvozaxona yoki uy eshigi tepasiga isiriq bilan turli miqdordagi qog‘oz pullarini osish qo‘yishlarini qanday izohlash mumkin?” deya savol qo‘yadi gazeta.

XS
SM
MD
LG