Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:59

"Toshkentdagi ertaklar Shavkat akaga yetaklar"


O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev prezidentlik saylovida ovoz berib oilasi bilan birga suratga tushmoqda
O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev prezidentlik saylovida ovoz berib oilasi bilan birga suratga tushmoqda

Keyingi 3 oy ichida 14 dekabrda prezident etib saylangan Shavkat Mirziyoev haqida she’r va qo‘shiqlar yozildi¸ u haqda ertaknoma gaplar tarqaldi.

Ayniqsa, internetda bosh vazirning virtual qabulxonasiga oid latifanamo gap-so‘zlar ko‘paydi.

Bu orada "liftni tuzatgan"¸ "buzilgan telefonni almashtirgan”¸ sevimli ko‘ppakni "Rossiyadan O‘zbekistonga keltirishga ko‘mak bergan" Mirziyoev haqida rivoyatlar tarqaldi.

Asnoda mahalliy matbuot ham bu "ertaklar"ga o‘z hissasini qo‘shayotganini kuzatish mumkin.

Ozodlik, ta’biri joiz, bu "ertaklar"ning ba’zilarini jamladi.

Kamol bobo ertagi: "Sovet yomon – Mirziyoev yaxshi"

O‘zbekistonda chop qilinadigan "XXI asr" gazetasida 24 noyabrda "Adolat inson qadrini ulug‘laydi deyishmoqda o‘z muammolariga echim topayotgan fuqarolar" sarlavhali maqola nashr qilindi. Undan O‘zLiDePda ochilgan bosh vazirning virtual qabulxonasiga murojaat qilgan shaxslarning minnatdorchiliklari o‘rin oldi.

Muammosiga yechim topganlardan biri - sirdaryolik 90 yoshli Kamol bobo.

Bobo o‘ziga shu paytgacha armon bo‘lib kelayotgan tikuv sexi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun virtual qabulxonaga murojaat qilgan.

"Bir paytlar kichik sex qurish uchun ham Moskvadan ruxsat kutar edik", deb sovet davridan yozg‘irgan Kamol bobo ishi bitganidan xursand bo‘lib, "El dardini tushunadigan, og‘irini yengil qiladigan rahbarlarning boshi omon bo‘lsin", deb duo qilishni ham unutmagan.

Ayni maqolada 25 yillik mustaqillik davrida, hozirgidan ancha yosh bo‘lgan paytlarida boboning familiyasi, unga tikuv sexi ochishga nima to‘sqinlik qilgani masalasi esa ochiqlanmagan.

Maqoladagi yana bir noaniqlik shuki¸ bozor iqtisodining ziddi bo‘lgan Sovet rejali iqtisodi xususiy sex va zavodlar ochilishiga umuman izn bermagan.

Oshga bormay ishga boradigan Mirziyoev hikoyasi

Ammo "Mirziyoev ertaklari" janrini taniqli prozaik yozuvchilar ham davom ettirmoqdi.

Gabriel Markesning "Tanholikning yuz yili" romanini, Chingiz Aytmatovning "Bolaligim" asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan taniqli yozuvi Nurali Qobul o‘zining Facebook-dagi sahifasida Mirziyoevni "ishchan rahbar" sifatida alqaydi:

"Bir kuni hamkasb do‘stlarimiz bilan Do‘rmondan shaharga, ertalabki "osh" marosimiga ketayotgan edik. Mashinamiz yaqindagina qurilishi boshlangan ulkan inshoot maydonchasi yonidan o‘tib borardi. Beixtiyor, ko‘zim sport kiyimi kiygan tanish qiyofaga tushdi. Dastlab odam bir-biriga o‘xshaydi degan xayolga bordim. Biroq adashmagan ekanman. Odamlar orasida yurgan kishi mamlakat bosh vaziri Shavkat Mirziyoev edi. Hamkasblarimga u kishini ko‘rsatdim. Tabiiyki, hamrohlarim ham hayrat-la boqishdi. Bir do‘stimiz tushib salomlashaylik deya fikr bildirdi. U kishi ishga, biz oshga ketayapmiz, xalaqit bermaylik degan fikr bildirdi boshqa birimiz hazilu chin so‘ng, qarorga kelib,” deya yozadi taniqli prozaik.

Norin yegan bog‘cha mudirasi

Toshkentlik Gulchehra ismli Ozodlik tinglovchisining aytishicha¸ Mirziyoev Chilonzordagi bog‘chaga oddiy odam qiyofasida borib, bog‘cha mudirasi kirdikorlarini fosh qilibdi:

-Yonimizdagi sadikka Shavkat Miromonovich boribdilar. Kirib borsalar, kuxnyada ikra pishirilayotgan ekan. Bu ikrani bolalarga pishiryapsizlarmi¸ deb so‘rasa, yo‘q, mudira uchun, deyishibdi. Shavkat aka mudirani oldiga kirsa¸ mudira norin yeb o‘tirgan ekan. Shavkat Miromonovich norinni olib bolalarning oldiga qo‘yibdi. Bolalar yeb o‘tirgan makaron sho‘rvani esa mudirani oldiga qo‘yib¸ “ye buni¸ j...b” desalar mudira “buni yesam kasal bo‘laman, kechadan qolgan ovqat-ku”, debdi. "Bolalar kasal bo‘lsa maylimi?" deb Shavkat Miromonovich mudirani ishdan bo‘shatibdi¸ - deydi "adolat qaror topganidan" ta’sirlangan Gulchehra.

U bu voqeani qo‘shnilaridan eshitganini aytdi.

Мирзиëев эртаклари
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:24 0:00
Бевосита линк

Tanobi tortilgan yulduzlar haqida ertak

Farg‘onalik yozuvchi Lola Sobirova o‘zbekistonlik qo‘shiqchi Yulduz Usmonovaning 11 yillik ta’qiqdan keyin aynan Mirziyoev buyrug‘i bilan sahnaga qaytarilgani haqida yozdi.

"O‘zbegimning yakkayu yolg‘iz primadonnasi, san’atimiz qirolichasi Yulduz Usmonovani yangi podshomiz sahnaga qaytardi" deya yozdi Lola Sobirova ijtimoiy tarmoqda.

O‘zbekiston mahalliy matbuoti va ijtimoiy tarmoqlarda yangragan bu "asar"lar ortidan xalq orasida yangi "ertak"lar urchidi.

Ana shunday ertaklardan yana biri “Buyrak” narxida, ya’ni 50 ming dollarga to‘yga keladigan yulduz ashulachilarning tanobi tortilgani haqida.

Toshkentlik Toshbek ana shu gaplarni "shamol bo‘lmasa, daraxt qimirlamaydi" degan ma’noda Ozodlikka gapirdi:

- Bir necha kundan beri mahalla, tanish-bilish, hatto idoralarda ishlaydiganlarda ham, xullas hammaning og‘zida bir gap yuripti bizlarda. Yangi prezident odamlari orqali 4 ta taniqli xonandaga notanish shaklida to‘y marosimini o‘tkazib berish bilan murojat qildirgan. Aytishlaricha ular: Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Rayxon G‘anieva va Gulsanam Mamazoitova bo‘lgan. Telefon orqali muloqat qilgan Nazarbekovning ma’muri ashulachini dejurligi 6000$ bo‘ladi degan, Yulduzniki esa “bitta pochka” narxini belgilagan. Bu Mirziyoevni g‘azabini keltirgani va u Ozodbekni chaqirtirib, nima uchun xalq bilan o‘rtaga odam qo‘yib gaplashishiga izoh so‘ragan. Artistlarga Sergelidagi uylar va metro qurilishini moliyalashtirishda hissa qo‘shish talab qilingan. Bu gaplar qanchalik rost yoki uydirma ekanini bilmayman, ammo ko‘pchilikning og‘zidan eshittim. Shamol bo‘lmasa, daraxtni uchi qimirlamaydi, deyishadi-ku, - deydi Toshbek.

Bozor kezgan alya - Horun ar-Rashid

"Ertaklar" xalq orasida "ertak" kabi tarqalib, "Mirziyoev hamma muammoni hal qilar ekan" degan mif paydo bo‘ldi, deydi Toshkentning eski shaharida yashovchi Mo‘’tabar Ahmedova:

- Mirziyoev har kuni oddiy sport kiyimi kiyib, bozor aylanar ekan¸ kartoshka qimmatligi bois hokimni uribdi¸ degan gaplar urchigan. Men bu gaplarni aytayotganlarga qarab, sen o‘z ko‘zing bilan ko‘rdingmi, desam, yo‘q, eshitdim, deydi. Hammasi behuda gap¸ - deydi suhbatdosh.

Aytilishicha¸ Shavkat Mirziyoev Chorsu bozoriga oddiy kiyim kiyib borib kartoshka narxi bilan qiziqibdi. Kartoshkaning qimmatligini bilganidan keyin sotuvchini yoqasidan olib, rosa do‘pposlabdi.

- Bu gapdan keyin bir yarim ming turadigan kartoshka uch mingga chiqdi. Mana sizga rivoyatni foydasi¸ - deya xulosa qiladi Mo‘’tabar Ahmedova.

Almiqsoqdan qolgan odat

Mo‘’tabar Ahmedovaga ko‘ra¸ Sovet davridagi rahbarlar to‘g‘risida ham cho‘pchaklar yaratilgan:

- Lekin u cho‘pchaklarda oz bo‘lsa ham haqiqat bor edi. Masalan, Gorbachev davrida Toshkent ijroqo‘mi raisi bo‘lgan Shukrullo Mirsaidovning shahar aylanib, muammo hal qilgani haqida gap-so‘zlar bor edi. Bu o‘rinda Shukrillo Mirsaidov, haqiqatan ham, xalq orasida yurgani rostligini e’tirof qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday ertaklar qadim zamonlarda ham to‘qilgan. Masalan, Qo‘qon xonligiga tasarrufida bo‘lgan hozirgi Qirg‘iziston hududida bir kambag‘al cho‘ponni biy qilib saylashgani haqida rivoyat bor. Odamlar bu cho‘pon kambag‘al bo‘lganini unutmasin, deya uning o‘toviga yirtiq choriq osib qo‘yishgan. Chorig‘ini unutmagan odil rahbar orzusidan tug‘ilgan ertak bu. Lekin bu ertaklar yaxshilikka yetaklamaydi. Achchiq bo‘lsa ham bizga haqiqat kerak, - dedi Mo‘’tabar Ahmedova.

Karimov arvohidan qo‘rqadigan Mirziyoev haqida cho‘pchak

Achchiq haqiqat bo‘lmasa ham, kinoya-kesatiq tarzida yozilgan latifalar ham urchimoqda.

Ana shunday latifalardan birida Samarqandga borib, Islom Karimov qabrini albatta ziyorat qilaylik, degan takliflardan charchagan kollej o‘qituvchisining gapi kulgiga sabab bo‘lgan.

Menga qaranglar! Samarqandga qachon ziyoratga boramiz, deyaverib miyamni achitivordilaring. Kollejni bitirib, katta bo‘lib, ishga kirib, o‘zlaring pul topasizlar-da, 25 yildan keyin Samarqandga emas, Jizzaxga ziyoratga borasizlar! Tushundilaringmi?” – debdi o‘qituvchi.

Shu joyiga kelganda hamma qotib kulib¸ sekin atrofga qarab qo‘yishar ekan.

Boshqa bir latifa esa Mirziyoevning Karimov arvohidan qo‘rqib Oqsaroyga kira olmayotgani haqida:

Mirziyoev marhum minib yurgan mashinani oldi o‘rindig‘iga o‘tirsa lobovoydagi ko‘zguda karimov arvohi ko‘rinibdi. “Shavkatboy ertaga oqsaroyga kel gaplashamiz debdi” arvoh. Mirziyoev orqaga qarasa hech kim yo‘qmish. Lekin ko‘zgudagi Karimov arvohi tirjayib turanmish. O‘shandan keyin o‘takasi ërilgan Mirziyoev yangi mashina oldiribdi va oqsaroyga qadam ham bosmaslika ont ichibdi.”

XS
SM
MD
LG