Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:57

BMT Suriyada sodir etilgan harbiy jinoyatlarni sudga oshiruvchi guruh tuzdi


Suriya hukumati kuchlari askarlari qor bosgan Halabda. 2016 yil, 21 dekabr.
Suriya hukumati kuchlari askarlari qor bosgan Halabda. 2016 yil, 21 dekabr.

BMT Bosh assambleyasi Rossiya va Suriyaning keskin qarshiligiga qaramasdan, Suriyada sodir etilgan harbiy jinoyatlar va inson huquqlarini buzish holatlari yuzasidan sudlovni tayyorlash uchun maxsus guruh tuzishni qo‘llab ovoz berdi.

21 dekabr kuni Lixtenshteyn tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyani 105 mamlakat qo‘lladi. 15 mamlakat qarshi ovoz berdi. 52 davlat esa ovoz berishdan bosh tortdi.

Rossiyaning Assambleya BMT Xavfsizlik kengashi ishlariga aralashayotgani haqidagi e’tirozlari rezolyutsiyaga to‘siq bo‘la olmadi.

Xavfsizlik kengashida Rossiya Suriyada sodir etilgani aytilayotgan urush jinoyatlarini ko‘rib chiqishga qaratilgan urinishlarga to‘sqinlik qilib keladi.

Rezolyutsiyaga qarshi ovoz berganlar orasida Eron va Xitoy ham bor.

Lixtenshteynning BMTdagi vakili Kristian Venaveser “Javogarlikka tortish bo‘yicha hamma harakatlarni haddan tashqari ko‘p marta, haddan tashqari uzoq paytdan beri keyingi qoldirib kelayamiz”, dedi. Vakil bu hol Suriyaning vahshiy taktikasi ma’qullanmoqda va bu taktika uchun javobgarlik yo‘q, degan fikr tug‘dirishini bildirdi.

Tuzilgan guruh BMTning Tergov komissiyasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Komissiya shu paytgacha Suriyadagi urush davomida sodir etilgan vahshiyliklar haqida bir necha batafsil hisobotni e’lon qilgan.

Suriyaning BMTdagi elchisi Bashar Jafariy rezolyutsiya “noqonuniy” ekanligini aytib, u mojaroni hal qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘siq bo‘lishini takidladi.

Huma Rights Watch rasmiysi Balkis Jarra Xavfsizlik kengashida siljish bo‘lmayotgan bir paytda qabul olingan rezolyutsiyani olqishladi. Rasmiy Bosh assambleya “jiddiy jinoyatlar qurbonlari tarafini oluvchi o‘ta muhim pozitsiyani” egallaganini aytdi.

XS
SM
MD
LG