Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:16

Karimov tug‘ilganiga 78 yil, prezident sifatida qasam ichganiga chorak asr to‘ldi


Ислом Каримов
Ислом Каримов

O‘zbekistonni chorak asrdan ko‘proq vaqt davomida, konstitutsiya cheklovlariga zid ravishda boshqarayotgan prezident Islom Karimov tug‘ilganiga 30 yanvarda 78 yil to‘ladi. Bundan 27 avval avval O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Bosh kotibligiga tayinlangan Islom Karimov, mustaqillikdan keyin prezident etib saylanganidan beri oliy kursini bo‘shatmay kelayotir.

78 yoshni qarshilayotgan Islom Karimov bundan 27 avval O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Bosh kotibligiga tayinlangan edi.

Aynan o‘sha davrda O‘zbekistonda jurnalist bo‘lib ishlagan Anvar Usmonovga ko‘ra¸ bu o‘zgarish kutilgan bir jarayon edi:

- 1989 yil yozda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbari Rafiq Nishonov Moskvaga ishga tayinlangani bois¸ komfirqa kotibligi lavozimi bo‘sh qoldi. 1989 yilning 23 iyunida Karimov O‘zbekiston rahbari qilib tayinlandi. Biz bu kishini umid bilan qarshilagan bo‘lsak ham umrbod lavozimda o‘tiradi degan o‘y xayolimizning bir chetidan ham o‘tmagan edi,- deydi suhbatdosh.

O‘sha paytda Qashqadarë viloyat partiya qo‘mitasini boshqargan¸ SSSR xalq deputati Islom Karimov nomzodini o‘shandagi SSSR Tashqi ishlar vaziri Eduard Shevardnadze ham qo‘llab-quvvatlagan edi.

Hozirda marhum Shevardnadze bundan 7 yil oldin Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Karimov nomzodiga qarshilar ham bo‘lganini eslagan edi.

- Shunday onlar bo‘ldiki¸ uning nomzodiga e’tiroz bildirganlar ham topildi. Ammo o‘shandagi umum kayfiyat Karimov foydasiga ishladi¸- degan edi Eduard Shevardnadze.

Yangi rahbar bilan muloqot qilamiz¸ degan umid tuyg‘usi sobit edi bizda¸ deb eslaydi jurnalist Anvar Usmonov.

- Birinchi oylarda Karimovga bizlarda juda ishonch bor edi. Menda ham ishonch bor edi. Men bir-ikki marta Karimov bilan uchrashdim. U o‘zini ancha tushunadigan¸ yaxshi odam qilib ko‘rsatgan. Mening u haqda fikrim yaxshi edi. Yangi rahbar¸ tushunadigan rahbar¸ zamonaviy rahbar¸ biz bilan muloqotda bo‘lgan rahbar¸ deb bizda ancha ishonch bor edi¸- deya eslaydi Anvar Usmonov.

Karimovning iqtidorga kelish arafasida O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy bo‘hronlar qaynagan¸ millatlararo nizolar bois¸ mamlakatning qator nuqtalarida komendantlik nazorati joriy qilingan edi.

Bu davrga Karimovning o‘zi “To‘rt tomonda urush bo‘layotgan payt”¸ deya baho bergan edi.

- Bugungi O‘zbekistonda katta kurash ketayapti. Bir tomondan emas¸ to‘rt tomondan kurash ketayapti¸- degan edi 1991 yilgi saylovlardan oldin Namanganda obkom binosini ishg‘ol qilgan dindorlar bilan uchrashgan Islom Karimov.

Karimov iqtidorga kelish arafasida minglab o‘zbekistonliklar paxtani qo‘shib yozishda ayblanib¸ hibs qilingan edi. "Qashqadaryoda ishlaganimda yaqinlari qamalgan minglab odam menga arz qilib kelishgan edi"¸ deb eslaydi keyinchalik Karimov.

- Men 1987 yilda Qashqadarëga birinchi marta borganimda 1500 odam qamalgan edi. Hamma akamni¸ opamni chiqarib bering¸ deb kelar edi¸- deb eslagan edi Islom Karimov.

"O‘zbeklar ishi"¸ "Paxta ishi" deb nomlangan jaraën tergovchisi Telman Gdlyan Karimov tayinlangan paytda ham O‘zbekistonda edi. Bundan 7 yil oldingi suhbatda Telman Gdlyan Karimovning yoshi bir joyga borib munkillab qolibdi degan edi:

- Bugun¸ 16 iyun 2009 yil¸ televizorda Shanxay hamkorlik tashkiloti yig‘inida Karimovni ko‘rib tanimadim. Ancha o‘zini oldirib qo‘yibdi. Yekaterinburgda o‘tirishini ko‘rib, sharti ketib parti qolibdi deb o‘yladim¸- degan edi 90- yillarning afsonaviy tergovchisi.

80-yillarda o‘zbeklarni poraxo‘r, deb qiyratgan Telman Gdlyan O‘zbekistondagi bugungi poraxo‘rlik ko‘lamidan hayratdaligini aytadi.

Gdlyanning gapidan yetti yil o‘tib yoshi bir joyga borgan bo‘lsa ham lavozim kursisiga yopishgan Karimov haqida hajviy suratlar chop qilindi.

Umuman yoshi bir yerga borsa ham lavozimidan ayrilishni istamagan “abadiy iqtidor sohiblari” mavzusi o‘tgan hafta amerikalik komediant¸ taniqli qiziqchi Jerri Seynfeld bilan suhbat chog‘ida AQSh Prezidenti Barak Obama tarafidan tahlil qilindi.

Jarri Seynfelning “jahon liderlaridan qanchasi aqldan ozgan” degan savoliga Oq uy sohibi anchayin batafsil javob qaytardi:

- Anchasi¸ ular hokimiyatda qancha uzoq o‘tirsa aqldan ozish extimoli shuncha kuchayadi. Ular qarib boshlaydi¸ og‘riydi¸ siydigini ushlay olmay qoladi. Shunga qaramasdan ular qo‘lida mutlaq hokimiyat jamlangan bo‘ladi. Hokimiyat insonni zaharlaydi. Bu juda qayg‘uli. Cheklanmagan hokimiyat va pul odamni normal fikrlashiga yo‘l bermaydi¸- dedi dunëdagi eng qudratli davlat prezidenti.

Abadiy prezident?

O‘zbekiston Sovet Ittifoqida birinchi bo‘lib prezidentlik boshqaruvini joriy qilgan edi. 1990 yilning 24 martida bo‘lgan O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Kengashi Karimovni O‘zbekiston prezidenti etib sayladi.

Sovet O‘zbekistonida shakllangan an’anaga ko‘ra¸ Sovmin raisi ham¸ Oliy Kengash raisi ham respublika bosh rahbari hisoblanmas edi. Faqat Komfirqa birinchi kotibi respublika rahbari sifatida ko‘rilar edi. Shu o‘rinda O‘zbekiston prezidenti qilib parlament deputatlari tomonidan saylangan Karimov aslida Kreml bergan lavozim shaklini o‘zgartirgan edi¸ xolos.

O‘sha paytdagi "Prezident boshqaruvi to‘g‘risidagi" qonun to‘laligicha Karimov bo‘yi bastiga mo‘ljallangan edi. Masalan, O‘zbekiston prezidenti 35 yoshdan oshgan va 65 ga kirmagan shaxs bo‘lishi lozim, degan bandi bor edi bu qonunning. Ammo Karimov 65 dan oshgani zahot bu qonun bandlari isloh qilindi.

Ana shundan beri o‘tgan vaqt davomida Islom Karimov o‘zi o‘tirgan prezidentlik kursisini tark etmadi.

O‘zbekiston konstitutsiyasida bir kishining ketma-ket ikki muddatdan ortiq prezident bo‘lishi mumkin emasligi aniq yozib qo‘yilgan bo‘lsa ham, bu Islom Karimovning chorak asr prezident bo‘lishiga monelik qilmadi.

1989 yilda Karimov kelishini umid tuyg‘usi bilan qarshilagan jurnalist Anvar Usmonov hafsalasi pir bo‘lganligini yashirmaydi.

- O‘tgan chorak asr Karimovning hamma kamchiligini ko‘rsatdi. Birinchidan Karimov siyosatchi ham emas¸ ekonomist ham emas. Men oldiniga “u juda yaxshi spetsialist”, deb o‘yladim. Chorak asr uning nolligini ko‘rsatdi. Mana hozir O‘zbekistonda nima bo‘layotganini o‘zingiz ko‘rayapsiz¸- deydi suhbatdosh.

XS
SM
MD
LG