Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 08:26

Shuhrat Abbosov: Kinochilar mudragan o‘zbeklarni fikrlashga undasin!


O‘zbek kinosi oqsoqoli Shuhrat Abbosov 85 yoshlik tavallud kunini Moskvada nishonladi. SSSR xalq artisti¸ SSSR davlat mukofoti sovrindori Abbosovning yubileyi Moskvadagi Markaziy kino uyida o‘tkazildi. Tadbir Rossiya kinochilar uyushmasi¸ Rossiya davlat kino jamg‘armasi¸ akterlar gildiyasi va UzTvRus studiyasi tashkilotchiligida o‘tkazildi. Muxbirimizga ko‘ra¸ tadbirda taniqli kino ustalari va madaniyat arboblari o‘zbek kinochisini muborakbod qilishgan.

Taniqli kinochi Shuhrat Abbosov o‘z tavallud kunida Ozodlikka eksklyuziv intervyu berdi.

Suhbatdosh o‘zi suratga olgan “Olovli yo‘llar” filmi bugun O‘zbekistonda namoyish qilinmagani bilan, bu kinoasarning “Marifat – jaholatga qarshi” degan shiori dolzarb bo‘lib qolayotganini ta’kidladi:

- Bugun IShID qilayotgan ishlarni o‘z vaqtida reaksion dindorlar Hamzaga qarshi qilishgan. Hamzani toshbo‘ron qilib o‘ldirishgan. Taraqqiyotnig jaholatga¸ nurning zulmatga¸ ma’rifatning esa muttasiblikka qarshi kurashi bugun ham dolzarb¸ demak men 1977 yilda olgan filmning bugun ham ahamiyati yuksak¸ deydi suhbatdosh.

Шуҳрат Аббосов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:33:33 0:00
Бевосита линк

Shuhrat Abbosov 1931 yil 16 yanvarda Qo‘qonda tavallud topgan. 1949 yilda Toshkent Tibbiyot texnikumini tamomlagan.

1954 yilda A.N.Ostrovskiy nomli Toshkent Teatr va rassomchilik san’ati instituti (Hozirgi Mannon Uyg‘ur nomidagi Teatr san’ati instituti), 1958 yilda esa "Mosfilm" studiyasi qoshidagi Oliy rejissyorlik kurslarida tahsil oladi.

Abbosov avvaliga Yangiyo‘l drama teatrida bosh rejissyor, 1959 yildan boshlab "O‘zbekfilm" kinostudiyasi rejissyori bo‘lib ishlagan.

Shuhrat Abbosov suratga olgan "Mahallada duv-duv gap" (1960), "Sen yetim emassan" (1963), "Toshkent-non shahri" (1968), "Olovli yo‘llar" (1977-1983), "Katta urushdagi kichik odam" (1990) kabi filmlar sovet kinosining mumtoz namunalari hisoblanadi.

Rejissyorning mustaqillikdan so‘ng Tog‘ay Murod romani asosida suratga olgan "Otamdan qolgan dalalar" filmi ham tomoshabinlar tomonidan yaxshi kutib olingan.

Shuhrat Abbosov kino san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun SSSR Xalq artisti, O‘zbekiston Davlat mukofoti va boshqa ko‘plab yuksak mukofot va unvonlar bilan taqdirlangan.

XS
SM
MD
LG