Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:03

AQSh prezidentligiga da’vogar demokratlar paymerizdan avvalgi so‘nggi bahsda uchrashdi


AQSh Demokratik partiyasidan prezidentlikka uch da’vogar 1 fevral kuni Ayova shtatida dastlabki ovoz berish o‘tkazilishidan avval so‘nggi bor debatda uchrashishdi.17 yanvar kungi telebahsda poygada oldinda ketayotgan sobiq davlat kotibi Hillari Klinton asosiy raqibi Vermont shtati gubernatori Berni Sanders bilan sog‘liqni saqlash islohoti, qurollar nazorati va yirik moliya idoralarini boshqarish kabi masalalar xususida bahslashishdi.

Sanders prezidentlik poygasida Klinton 50 foizlik tayanch bilan oldinda ketayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi so‘rovlar ikkalasi Ayova va Nyu Hempshirda deyarli bir xil natija bilan ketishayotganini ko‘rsatishini qayd etdi. Nyu Hempshirda praymeriz 9 fevarl kuni o‘tkaziladi.

So‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, Ayovada Klinton va Sandersni qo‘llab-quvvatlayotganlar soni deyarli bir xil. Nyu Hempshirda Sanders biroz oldinda ketmoqda.

Klinton Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi savolga "juda qiziqarli", deb javob berdi. "Menimcha bu munosabatlar hurmatga asoslangan. U bilan bir-ikki marta qattiq tortishganmiz. U bilan munosabat qilganda doimo qattiqqo‘l bo‘lishingiz kerakligini bilaman, chunki har qanday bezori kabi unga qo‘yib bersangiz, istagancha narsani tortib olishi mumkin", dedi Klinton Putin haqida.

Teledebatda poyga oxirida ketayotgan Merilend shtatining sobiq gubernatori Martin O'Mayli ham qatnashdi.

XS
SM
MD
LG