Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:22

Eronga qarshi xalqaro sanksiyalar bekor qilinishi kutilyapti


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashish uchun Venaga yo‘l olgan.

Avstriya poytaxtida bugun bo‘ladigan ayni uchrashuvda Xalqaro Atom energiyasi agentligining Eron o‘z yadroviy dasturi bo‘yicha olgan majburiyatlarni bajargani haqidagi hisoboti taqdim etilishi va Tehronga qarshi sanksiyalarning bekor qilingani haqida bildirilishi kutilyapti.

Sanksiyalar olib tashlanadigan bo‘lsa Eron xorijdagi banklarda muzlatib qo‘yilgan 50 milliard dollardan ortiq mablag‘lariga egalik qilish va o‘z neft eksportini kuniga 500 ming barrelga oshirish imkoniga ega bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG