O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga muvofiq inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida tan olinadi. Mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan e’lon qilinishi kutilayotgan amnistiya akti bilan qamoqdan chiqariladiganlarning ozodlikdagi hayotini Konstitutsiyaning 13- moddasi qay darajada himoya qila oladi? Muxbirimiz shu savol javobiga, ya’ni sobiq mahbuslarning amnistiyadan keyingi hayotiga qiziqdi.