Qirg‘iziston hukumati Bishkekdagi YeXHT markazi statusini 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab programma ofisiga o‘zgartirmoqchi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi bu haqda 27 sentabr kuni tashkilot rasmiylariga rasmiy maktub yubordi.
Paxta normasini bajarmagan otryad va byudjet tashkilotlari boshliqlarini jazo tariqasida Chinoz tuman Ichki ishlar bo‘limi itxonasiga qamab qo‘ygani haqidagi shikoyatlar ortidan Chinoz tumani hokimi Mahmud Eshonov vazifasidan bo‘shatildi.
Irkutsk viloyatining Usolye-Sibirskoe tumanida qullik sharoitida qolgan 17 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri yordam so‘rab, Ozodlikka murojaat qildi. Muhojirlarga ko‘ra ish beruvchi tomoni o‘zbekistonliklar pasportlarini tortib olgan, otib tashlash tahdidi bilan muhojirlarning boshqa joyga chiqib ketishlariga ijozat bermagan.
Tojikiston prezidenti bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 29 sentabr kuni Tojikiston prezidenti bilan uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasida mavjud muammolarni bartaraf etish va do‘stona aloqalarni tobora kengaytirish yo‘llarini muhokama etdi. Mutaxassislar bu uchrashuvni rasmiy Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi munosabatlar iliqlanishining birinchi qadami o‘laroq baholamoqda.
Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi Ko‘p tarmoqli poliklinika bosh vrachi paxta terimiga kam shifokor chiqargani uchun ishdan olingan. Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, tuman hokimi Mahmud Eshonov paxta terimiga oid yig‘ilishda poliklinika bosh vrachi Baxtiyor Dovurboevni haqoratlab, ishdan o‘z ixtiyori bilan bo‘shash haqida ariza yozdirib olgan.
Namangan viloyatidagi ichki ishlar xodimlarining Ozodlikka ma’lum qilishlaricha, Fotima Ummatalieva o‘z egizi Zuhrani oyog‘iga tosh bog‘lab, Namangan kanaliga cho‘ktirib yuborgan. Aybdor deb topilsa, Fotima Ummatalieva 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
“Referendumga yo‘l yo‘q” jamoatchilik harakati Qirg‘izistonda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan referendumga qarshi ovoz yig‘ish jarayonini boshladi. Ayni paytda Qirg‘iziston parlamenti 29 sentabr kuni ko‘pchilik ovoz bilan referendum to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish va bu borada referendum o‘tkazish prezident Almazbek Atambaevning tashabbusi edi.
Uzoq yillar yashirinib yurgan Gulbiddin Hikmatyor Kobulda o‘tgan marosimda qatnashmadi, ammo videokonferensiya orqali yig‘ilganlarga murojaat qildi.
Poytaxtda uy-joyini yashirincha ijaraga berganlar jazolanmoqda. Ajrashishlar o‘z joniga qasd qilishlarga olib kelmoqda. O‘zbekiston maktablarida o‘qituvchilarning 70 foizdan ko‘prog‘i ayollardir. Joriy haftada mahalliy o‘zbek matbuoti shu kabi voqealar haqida xabar berdi.
O‘zbekiston Prezidenti saylovida qatnashish istagini bildirgan to‘rt siyosiy partiya o‘z tarafdorlari orasida imzo yig‘moqda. Toshkent shahri Olmazor tumani elektr ta’minoti korxonasidagi qing‘irliklar fosh etildi. Joriy yilda O‘zbekistonga 24 holatda qizamiq kasalligining kirib kelishi qayd etildi. Joriy haftada matbuot mana shu haqda yozdi.
29 sentabr ertalab Moskvadagi “Memorial” tashkiloti faoli, “Yordam” tashkiloti rahbari Bahrom Hamroev o‘z uyidan Rossiya xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari tomonidan olib ketilgan. Bu haqda Ozodlikka huquq faolining turmush o‘rtog‘i xabar qildi. “Memorial”va “Fuqaroviy ko‘mak”tashkilotlari Bahrom Hamroevning nima sababdan va qaerga olib ketilgani to‘g‘risida ma’lumot berilishini talab qilmoqda.
Давомини ўқинг