Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida o‘g‘li diniy ayblovlar bilan hibsga olingan 53 yoshli litsey o‘qituvchisi Shahodat Bahodirova o‘zini osdi. Ikki o‘g‘il va bir qizning onasi nima uchun o‘z joniga qasd qilgani ma’lum emas. Hamkasblarining aytishicha, ayol o‘g‘lining diniy ekstremizmda gumonlanib hibsga olinishi ortidan xavfsizlik organlari hamda rahbarlarning bosimlari ostida qolgan va tahqirga chiday olmay o‘z joniga qasd qilgan.
Tayvanda shanba kuni o‘tkazilgan saylovda muxolifatdagi Demokratik taraqqiyot partiyasidan Say Inven g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
AQSh O‘zbekistondagi siyosiy mahbuslarni ozod etish uchun Toshkent hukumatiga ochiq bosim o‘tkazishi kerak.
O‘zbekiston kelasi to‘rt yil ichida mamlakatda yetishtiriladigan paxta hajmini 3 million 350 ming tonnadan 3 million tonnaga kamaytirishni rejalamoqda.
O‘zbekiston rasmiylari iddaosicha 2014 yilda mahkumlarni qiynoqqa solish holatlari bo‘yicha 61ta murojaat ko‘rib chiqilgan va shulardan 3 tasi o‘z tasdig‘ini topgan.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashish uchun Venaga yo‘l olgan.
Burkina Faso poytaxti Uagadugu shahridagi “Splendid” mehmonxonasida noma’lum qurollangan guruh tomonidan garovga olingan yuzdan ziyod odam ozod etildi.
Qirg‘iziston hukumati qirg‘iz-tojik chegarasi yuzasidan kelishuv loyihasini tayyorladi. Unga muvofiq, aniqlangan va bahsli bo‘lmagan chegaralar bo‘yicha hujjat davlat rahbarlari darajasida imzolanadi. Bungacha tomonlar bahsli chegara hududlari bo‘yicha bir necha marotaba uchrashgan bo‘lishiga qaramay, bir fikrga kelisholmagan. Bu esa qirg‘iz-tojik chegarasida turli janjal va mojarolar bo‘lib turishiga sabab bo‘lmoqda.
Namangandagi “zapravka”da yonilg‘idan juda katta miqdorda urib qolingan. “Bilayn” kompaniyasi mansabdorlari ma’muriy jazoga tortildi. Surxondaryolik fuqaro yo‘l-patrul xodimini tuhmatda aybladi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.
Yillardan beri qator postsovet prezidentlari oilalarining korrupsiyalashganini dalillovchi jurnalistik surishtiruvlar bilan shug‘ullanib kelayotgan Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyani yoritish loyihasi bosh muharriri Drew Sullivan¸ asl egasi Gulnora Karimova ekani taxmin etilayotgan bu pullarni qaytarib olish uchun Toshkent ham legal¸ ham siyosiy vositalarni to‘liq ishga solajagini aytadi.
O‘zining milliatchi g‘oyalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi LDPR partiyasining Rossiya parlamentidagi deputati Vladimir Sisoev mehnat muhojirlari va umuman xorijliklarga bepul tez tibbiy yordam ko‘rsatishdan voz kechish taklifi bilan chiqdi. Hukumatga yuborgan maxsus murojaatnomasida tyumenlik bu xalq namoyandasi “tibbiy yordam birinchi navbatda rossiyaliklarga, ikkinchi o‘rinda qolganlarga” berilishi kerakligini uqtirdi. U to‘lov darhol tibbiy muolajadan keyin migrant tomonidan amalga oshirilishi kerak, demoqda.
G‘ijduvonlik xususiy tadbirkor Zebo Xudoynazarova “Xo‘jai Jahon” buyum bozori ma’muriyatini tanqid qilgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 40-moddasi (Tuhmat)ga asosan 2 604 800 miqdorida jarimaga tortildi.
Давомини ўқинг