Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:28

"Zangiota  hokimi sud qarori ijrosiga to‘sqinlik qilyapti"(VIDEO)


"Qayum Malik " MChJ bunyod qilgan issiqxona.
"Qayum Malik " MChJ bunyod qilgan issiqxona.

Toshkent viloyat, Zangiota tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan yosh tadbirkor Bekzod Olimovning arz qilishicha, ularning oilaviy tadbirkorligiga tuman hokimi to‘sqinlik qilmoqda.

"Қаюм Малика МЧЖ" иш бошқарувчиси Нодир Жўраевнинг президентга мурожаати.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:30 0:00

“Biz oilaviy “Qayum Malika MChJ” tuzib, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida issiqxona qurib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanardik. 2016 - yilda bizning joyimiz buzilishga tushib, Toshkent shahar va viloyat hokimliklari qo‘shma qarori asosida Zangiota tumanidan 1,3 gektar yer ajratib berishdi.

Biz u yerga borib qurilishni boshladik. Lekin yana ikki odam bizning yerimizda qurilish qilishni boshladi. Bu yerga bizning qarorimiz va kadastr hujjatlarimiz bo‘lishiga qaramay tuman hokimi Abduvahob Tamikayev ularga ham qaror chiqarib beribdi. Keyin biz ikki yil hokimiyat bilan sudlashdik. Keyin prezidentning noqonuniy qurilmalarni hujjatlashtirib berish haqidagi bir martalik 461-qarori chiqdi. Tuman hokimi bu qarordan foydalanib bizning joyimizga yana ikkita odamga qaror chiqarib berdi. U ikki odam ham qurilish qilishni boshladi va ular to‘rtta bo‘ldi. Biz ularga bu bizning qonuniy joy desak, biz hokim bilan kelishganmiz bizga hujjat qilib beradi, deyishdi”.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining " Qayum Malik MChJ" foydasiga chiqargan hal qiluv qarori.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining " Qayum Malik MChJ" foydasiga chiqargan hal qiluv qarori.

Bekzod Olimovning aytishicha, shundan so‘ng ular viloyat prokuraturasi, IIB, DXXga shikoyatlar yozgan:

“Hech kim bizning qonuniy arizamizni o‘rganishni xohlamadi. Keyin fuqarolik sudiga berdik. Barcha sudlarda biz yutib chiqdik. Ular Oliy Sudga chiqolmadi, chunki yer ularnikini tasdiqlaydigan hujjatlari yo‘q edi. Endi, muammo sudning qarori bajarilmayotganida. Hech kimning hokimga gapi o‘tmas ekan, sud ijrosini hokim tan olmayapti. Zangiota tumani prokurori umuman ishlamaydi, hokimning g‘ayriqonuniy harakatlariga ko‘z yumib kelmoqda. Viloyat prokuroriga borsam sudning qarori bormi, deydi. Ha, bor desam, bo‘pti noqonuniy qurilmalarni buzib beramiz deydiyu, lekin ijro yo‘q. Besh yil davomida shu ahvol. Hozirgina prezident adminstratsiyasiga shikoyat tashlab keldim. Prezidentimiz tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlang, degan. Ammo bular prezident aytgan gapning teskarisini qilishmoqda”.

Ozodlikning Zangiota tumani hokimi Abduvahob Tamikayev bilan bog‘lanishga qilgan harakatlari natija bermadi.

"Qayum Malik" MChJ yeriga noqonuniy qurilayotgan uylar.
"Qayum Malik" MChJ yeriga noqonuniy qurilayotgan uylar.

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG