Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:02

Roskomnadzor tarmoqlardan yoshlar orasida “noqonuniy” namoyishlar targ‘ibotini to‘xtatishni talab qildi 


"Erkin internet" uchun namoyish-Moskva, aprel, 2018
"Erkin internet" uchun namoyish-Moskva, aprel, 2018

Rossiyaning Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalarni nazorat qilish bo‘yicha federal xizmati - Roskomnadzor ijtimoiy tarmoqlardan, jumladan, TikTok ilovasidan yoshlarni “noqonuniy” namoyishlarda ishtirok etishga chaqirayotgan postlarni olib tashlashni talab qildi.

Roskomnadzor 20 - yanvarda Bosh prokuraturaning so‘roviga binoan “Vkontakte” hamda TikTok ijtimoiy tarmoqlariga shu yo‘sindagi talabnomani yuborgan.

Talabnomada “platformangizda voyaga yetmaganlarni ruxsat berilmagan ommaviy yig‘ilishlarda ishtirok etishini targ‘ib etayotgan noqonuniy ma’lumotlar tarqatilishining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishingizni so‘raymiz”, deb aytilgan.

Roskomnadzorning bu talabi muxolifat arbobi Aleksey Navalniy rossiyaliklarni 23 - yanvar kuni umummilliy norozilik namoyishlariga chaqirganidan ikki kun o‘tib yangradi.

Prezident Vladimir Putinning eng ko‘zga ko‘ringan tanqidchisiga aylangan Aleksey Navalniy 17 - yanvar kuni Germaniyadan Rossiyaga uchib kelganidan keyin hibsga olingandi. U shartli ravishda qamoqqa hukm qilingan shaxs sifatida xorijdalik payti sinov muddati shartlarini buzganlikda ayblanib, tergov hibsxonasiga yo‘llangan. Germaniyaga u o‘tgan yil yozida “Novichok” moddasi bilan zaharlanishi ortidan olib ketilgan va o‘sha yerda davolangandi. Navalniy aynan Putin buyrug‘i bilan Federal Xavfsizlik Xizmati (FSB) tomonidan zaharlanganini aytib, rossiyaliklarni “ko‘chalarga chiqishga” chaqirgan.

Siyosatchining shtabi butun Rossiya bo‘ylab 23 - yanvar kuni keng ko‘lamli norozilik aksiyalari o‘tkazilishini e’lon qilgan.

Kreml Navalniyning zaharlanishida har qanday ishtirokini inkor qilib keladi.

Rossiya qonunchiligi voyaga yetmaganlarni ruxsat berilmagan ommaviy namoyishlarda ishtirok etishga chaqirishni man etadi. Tegishli qonun qabul qilingan 2018 - yilda Navalniy ushbu taqiq uning yoshlar orasidagi targ‘ibotiga to‘sqinlik qilish maqsadida joriy etilganini aytgandi.

XS
SM
MD
LG