Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:15

Ozarbayjon va Armanistonning yangi chegarasini belgilash jarayoni tanglik keltirib chiqarmoqda


Rossiya chegarachisi Armanistonning Syunik viloyatidagi avtomagistralda - dekabr, 2020
Rossiya chegarachisi Armanistonning Syunik viloyatidagi avtomagistralda - dekabr, 2020

2020 - yilning 27 - sentabrida Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar boshlanib, 44 kun davom etdi. Urushda Boku Tog‘li Qorabog‘ning yirik hududini va unga tutash tumanlar ustidan nazoratni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

10 - noyabr kuni Moskva vositachiligida otashkesim kelishuviga erishilishi ortidan Armaniston va Ozarbayjon chegarasini rasman belgilash jarayoni boshlandi.

Chegara noaniqligi tufayli otashkesim imzolanganidan beri bir necha marta ikki davlat qo‘shinlari to‘qnashdi.

13 - dekabь kuni Armanistonning Syunik viloyati markazi Kapan yaqinidagi qishloqda Armaniston va Ozarbayjon qo‘shinlari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar qilindi.

Арманлар Тоғли Қорабоғни ташлаб чиқмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:27 0:00

Kapan shahri meri Gevorg Parsyan Ozodlikka bergan intervyusida armanistonlik «mudofaachilari» yaqinlashib kelayotgan ozarbayjonlik askarlarni ogohlantirish uchun havoga o‘q uzganini aytdi.

«[Ozarbayjonliklar] bunga javoban o‘q otmadilar», - dedi u.

Kapan shahri Ozarbayjon boshqaruviga o‘tgan hududga juda yaqin joylashgan.

«Kapanning so‘nggi mahallasi chegaradan 1 km masofada joylashgan», - deydi Parsyan.

«Shu sababli biz allaqachon o‘zimizni tahdid ostida his qilyapmiz».

Chegara muammolari hamda Ozarbayjon bilan erishilgan tinchlik bitimidan norozi armanlar, xususan, Syunik viloyatiga kiruvchi shaharlar merlari bosh vazir Nikol Pashinyanni ayblamoqdalar.

Viloyatdagi beshta eng yirik aholi punktlari – Kapan, Goris, Sisian, Megri va Kajaran shaharlari merlari Pashinyanning iste’fosini talab qilishmoqda.

21 - dekabr kuni Pashinyan Syunikka xizmat safari bilan borishni rejalagan edi, ammo mahalliy aholi yo‘llarni to‘sib qo‘ydi va natijada bosh vazir Yerevanga qaytib ketishga majbur bo‘ldi.

Parsyan Armaniston mag‘lubiyatida 2018 - yilda «baxmal inqilobi» ortidan hokimiyat tepasiga kelgan bosh vazir Pashinyanni ayblaydi.

Umidsizlangan armanlar Rossiya himoyasiga umid bog‘lagan.

Noyabr oyi oxirida Moskva mintaqaga ikki mingga yaqin tinchlikparvar harbiysini yubordi. Bundan tashqari, Moskva Armanistonning janubi-sharqiy chegarasi xavfsizligini ta’minlash uchun 188 nafar chegarachi yuborilishini e’lon qildi. Ularning ayrimlari allaqachon Kapan-Goris avtomagistralini qo‘riqlamoqda.

«Biz ruslar bilan aloqadamiz. Ular bizga xavfsizlik ta’minlashni va’da qilishdi», - dedi Parsyan.

Asosiy janglar to‘xtagan bo‘lsa-da, chegarani belgilash jarayoni qo‘shimcha yo‘qotishlarga va noaniqlikka sabab bo‘lmoqda.

4 - yanvar kuni Shurnux qishlog‘ida o‘nlab uy Ozarbayjonga o‘tgan hududda ekanligi aniqlanib, Bokuga o‘tkazib berildi.

Ammo armanlar uylarni tark etishdan oldin ularga o‘t qo‘yib yuborishdi. Noyabr va dekabr oylarida ham Ozarbayjonga o‘tgan hududni bo‘shatishga majbur bo‘lgan armanlar o‘z uylariga o‘t qo‘yib yuborgan edilar.

«1990 - yillarda biz bir-birimizga juda yaqin yashaganmiz uchun urush boshlanib ketgan edi», - dedi Parsyan.

«O‘g‘rilik, bosqinchiliklar – barchasi mana shu narsalardan boshlangan edi. [Ozarbayjonlar] shunday biqinimizda bo‘ladigan bo‘lsa, qo‘rqamanki, bu narsa takrorlanadi».

XS
SM
MD
LG