Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:57

“Niqoblar yechildi, kartalar ochildi” – tarmoqlar prezidentlik muddati nollashtirilishi haqida


Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil oktabrida ikkinchi va amaldagi konstitutsiya bo‘yicha oxirgi muddatga saylangan.
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil oktabrida ikkinchi va amaldagi konstitutsiya bo‘yicha oxirgi muddatga saylangan.

O‘zbekistonda yangi konstitutsiya qabul qilingach, Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik muddatlari nollashtiriladi va u yana saylovlarda ishtirok etishga imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev “Kun.uz” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Prezidentimiz bu imkoniyat va huquqdan foydalanadimi, foydalanmaydimi, bu birinchi navbatda ushbu shaxsga havola. Bu shaxsni ko‘rsatadigan siyosiy partiyaga havola. Lekin bu haq-huquq u kishida bo‘ladi”, deb ta’kidladi S.Safoyev.

Bu xabar ijtimoiy tarmoqda turlicha qabul qilindi.
“Niqoblar yechildi, kartalar ochildi! Endi ochiqchasiga gapshlashsak ham bo‘ladi” – deb yozdi foydalanuvchilardan biri mamlakat Konstitutsiyasini o‘zgartirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad shu ekanini urg‘ulab.

“Biz bilgandik, biz kutgandik oxirida shunday bo‘lishini”, – deya yozdi boshqa bir foydalanuvchi.

Мирзиёевни курсида қолдириш кампаниясига старт берилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:09 0:00

“Eski tos, eski hammom. Bari bir go‘r”, deya umidsizlik izhor qildi Faridjon Avazov ismli foydalanuvchi.

“Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelib ancha ishlarni amalga oshirdi. Buni xalqimiz ko‘rib turibdi. Bu uchun kattakon rahmat. Lekin bu 2 muddatdan ortiq prezident bo‘lish mumkin degani emas. Qonunga hamma bo‘ysunishi kerak”, deb uqtirdi Baxtiyor Azizov.

“Erkinroq, boyroq va farovonroq mamlakat bo‘lishimizga umid yana o‘ldi menda”, deya post qoldirdi Telegramdagi “Mirkonomika” kanali muallifi.

Tarmoq foydalanuvchilari siyosiy islohotlar borasida shaxsiy tavsiyalari bilan ham o‘rtoqlashmoqda.

“Prezident islohotlarini davom ettirish uchun o‘zining eng ishongan shogirdini qo‘yishi kerak. O‘zi bosh vazir sifatida nazorat etib turishi kerak. Shunda xalqaro ekspertlar orasida ishonchsizlik bo‘lmaydi”, deb hisoblaydi Dilmurod Abdurahmonov.

“Bir deganda prezidentni umrbod saylanadigan qilib qo‘yish kerak. Har 5 yilda ortiqcha xarajat qilmasdan”, deya “bilsa hazil, bilmasa chin” qabilida izoh qoldirdi Kamoliddin Ahmedov.

“S.Safoyev, o‘zingiz yaxshi yashasangiz bo‘ldimi? Kim vakolat bergan sizlarga xalq nomidan gapirishga? Bir qarasa, Konstitutsiyani buzib, boshliq bo‘lib olasizlar. Bir qarasa 80 foizga yutdi deysizlar. Endi buni o‘ylab topdilaringmi? Yutqazgan kurashga to‘ymas deydi, bo‘ldi-da endi! Agar yaxshi boshqarganlaringda 7-8 mln inson chetda tentirab yurmasdi, ishsizlik, korrupsiya avj olmasdi, narxlar osmon bo‘lib ketmasdi. 70-80 foiz odamlar qornini to‘yg‘iza olmayapti. AQSh, Yevropa 3-4 ming dollar haq beryapti, o‘lguncha yopishib olmayapti-ku! UYAT, UYAT, UYAT!” deya ehtirosli mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi Bek Bek ismli foydalanuvchi.

“Yangi prezident kelsa, eskisidan yaxshi bo‘ladi”, deya hokimiyat almashuvini yoqladi Farhod Zohidov.

Ijtimoiy tarmoqlarda, ayni choqda, prezident Sh.Mirziyoyevning vakolat muddati nollashtirilishi va u qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlovchi postlar ham talaygina.

“Xudoga shukr qilish kerak, yomon bo‘lganimiz yo‘q-ku! Mahallalar obod bo‘layotgani, erkin gapirayotganimiz, bemalol dollarmi yoki so‘mmi bankomatdan olayotganimiz, melisaga bemalol muomala qilayotganimiz, bu nima, o‘zgarishmasmi?” deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

Sirdaryolik yoshlar esa Sh.Mirziyoyev prezident sifatida umrbod qolishini yoqlab taklif yo‘lladi.

XS
SM
MD
LG