Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:36

"Yolg‘on va propaganda ustasi". Kreml targ‘ibotchisi Dmitriy Kiselev Toshkentga keldi


Kiselev Yevropa Ittifoqi 2014 - yilda  Rossiyaga nisbatan  Qrim anneksiyasiga javoban  kiritgan jazo choralari ro‘yxatida.
Kiselev Yevropa Ittifoqi 2014 - yilda  Rossiyaga nisbatan  Qrim anneksiyasiga javoban  kiritgan jazo choralari ro‘yxatida.

3 - may – Xalqaro matbuot kuni Toshkentda Rossiya OAV vakillari ishtirokida mediaforum o‘tmoqda.

O‘zbekiston Milliy elektron OAV (NAESMI) matbuot xizmati xabarida aytilishicha, tadbir davomida rossiyalik jurnalistlar ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi. Xususan, rossiyalik teleboshlovchi Dmitriy Kiselev O‘zbekistonning davlat va nodavlat telekanallari axborot-tahlil dasturlari boshlovchilari uchun master-klass o‘tishi rejalangan.

Dmitriy Kiselev davlat nazoratidagi Rossiya telekanallarining bosh targ‘ibotchisi sifatida tanilgan.

U Kreml tomonidan moliyalanadigan “Rossiya segodnya” agentligi direktori hamda VGTRK davlat telekanali direktorining o‘rinbosaridir.

Kiselevning o‘zi rahbari bo‘lgan Sputnik nashri uning “so‘z erkinligi O‘zbekiston uchun oxirgi besh yilning natijasi” ekani haqidagi so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

U Toshkentdagi mediaforumdagi chiqishida so‘z erkinligi prezident Shavkat Mirziyoyevning xizmati ekanini ta’kidlagan.

“Bizning maqsadlarimiz mushtarak. Bu umumiy sivilizatsiyamizni buzilishdan asrab qolish. Afsuski, bugun savol xuddi shunday qo‘yilmoqda. Biz buni Iroq va Liviya misolida ko‘ryapmiz. Suriyada hozir vaziyat murakkab. Bizning sivilizatsiyamiz tinch taraqqiy etishi uchun birlashishimiz kerak”, deb aytgan Kiselev.

Kiselev Yevropa Ittifoqi 2014 - yilda Rossiyaga nisbatan Qrim anneksiyasiga javoban kiritgan jazo choralari ro‘yxatida.

U shuningdek, Ukraina sharqidagi urushda egallagan mavqei uchun Ukraina hukumatining sanksiyalar ro‘yxatiga ham kiritilgan.

Bundan tashqari, Moldova, Kanada va Shveysariya ham Kiselevning mamlakatga kirishini taqiqlagan.

Boltiqbo‘yi davlatlarida u rahbari bo‘lgan “Rossiya segodnya” tarkibidagi Sputnik agentligi faoliyatiga taqiq qo‘yilgan, uning vebsaytlari bloklangan.

"Yolg‘on va propaganda ustasi"

Dmitriy Kiselevning Toshkentga tashrifi O‘zbekistondagi mahalliy nashrlar e’tiboridan chetda qoldi. Tashrifga e’tibor qaratgan bloger Otabek Bakirov Kiselevni "Gebbelsdan ham o‘tadigan propagandachi” deb atadi.

“Forumda yolg‘on va propagandada hatto fashist Gebbelsni ortda qoldiradigan Dmitriy Kiselev ham mahorat darslari bilan ishtirok etishi aytilmoqda.

Rossiyaning imperiyacha siyosati, bosqinchiligi, jurnalist va o‘zgacha fikrlovchi faollarning o‘ldirilishi, qamalishi, Putin yetovidagi bandaning cheksiz hokimiyatini oqlab, asoslab berishda Kiselevga teng keladigan hozircha yo‘q”, deb yozdi Bakirov o‘zining Telegram – kanalida.

Bloger O‘zbekistonda koronavirus cheklovlari amal qilayotgan va 1 - maydan e’tiboran ommaviy tadbirlar cheklanganiga qaramasdan Kiselev ishtirokidagi mediaforumni o‘tkazishga ruxsat berilganini tanqid qilgan. “Propagandachilarga kelganda qoidalar ishlamay turadimi?” deb yozdi bloger.

Kiselevning Toshkentdagi chiqishi O‘zbekiston poytaxtida Rossiya ishtirokida o‘tkazilayotgan boshqa qator ziddiyatli tadbirlar manzarasida yuz bermoqda.

1 - may kuni rossiyalik qo‘iqchila ishtirokida Toshkentning Xalqlar do‘stligi maydonida o‘tkazilgan konsert ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonliklarning keskin tanqid va noroziliklariga sabab bo‘ldi.

Tadbir Moskva hukumati, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston hukumati va Madaniyat vazirligi, shuningdek O‘zbekistondagi Rossiya Federatsiyasi elchixonasi hamda "Rossotrudnichestvo"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan. Unda nutq so‘zlagan RFning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov g‘alaba Rossiya va O‘zbekistonni birlashtirishini aytgan.

Tadbirda sobiq SSSR bayrog‘i kӯtarilgani aks etgan surat ijtimoiy tarmoqda kӯplab o‘zbekistonliklarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar hokimiyati, Madaniyat vazirligi yoki boshqa rasmiylar tadbir yuzasidan izoh bergani yӯq.

XS
SM
MD
LG