Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:46

Shoira va muxolifat faoli Gulchehra Nurullayeva vafot etdi


Gulchehra Nurullayeva milliy til va mustaqillik uchun kurashgan o‘zbek ziyolilarining oldingi saflarida bo‘lgan
Gulchehra Nurullayeva milliy til va mustaqillik uchun kurashgan o‘zbek ziyolilarining oldingi saflarida bo‘lgan

Taniqli shoira va muxolifat faoli Gulchehra Nurullayeva uzoq xastalikdan so‘ng 83 yoshida olamdan o‘tdi.

Bu haqda Ozodlikka inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov shoiraning qizi Gulnora Nishonovaga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Gulchehra Nurullayeva 16 yanvar kuni peshin namozidan so‘ng Toshkentdagi Do‘mbirobod qabristoniga qo‘yiladi.

Gulchehra Nurullayeva 1980- yillar oxiri, 90-yillar boshida jamiyat hayotida ancha ta’sirli kuchga ega bo‘lgan demokratik harakat faollaridan biri bo‘lgan.

U muxolifatdagi "Birlik" xalq harakati faoli sifatida Orolni qutqarish , o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish va milliy mustaqillik talab qilgan o‘zbek ziyolilarining oldingi saflarida bo‘lgan.

U 1989 - yilda sovet davrida olgan Lenin komsomoli mukofotidan voz kechgan edi. Mustaqillik yillarida shoira siyosiy faoliyati tufayli Yozuvchilar uyushmasidan chiqarildi va matbuotdan chetlatildi.

Ozodlik Gulchehra Nurullayevaning 2018 - yil noyabrida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qayta tiklangani haqida xabar bergan edi.

Gulchehra Nurullayevaning so‘nggi kitobi 1988 - yilda nashr etilgan.

Ozodlik bilan qilgan suhbatlaridan birida shoira o‘zining siyosatga kirishini shunday tushuntirgan:

"Agar ozgina mustaqil fikrga ega bo‘ladigan bo‘lsalar¸ jasoratga ega bo‘ladigan bo‘lsalar¸ ular quvg‘inga uchraydilar¸ qamoqlarga tashlanadilar. Dovyurakliklari uchun¸ vatanparvarliklari uchun jazolanadilar"¸ - degan edi Gulchehra Nurullayeva.

Ozodlik 2012 - yil martida Gulchehra Nurullayeva bilan she’r va shoir, ijodkor va uning haqiqatlari haqida suhbatlashgan edi.

XS
SM
MD
LG