Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:33

Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketishga oshiqmoqda


Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Trampning 2019 -yil noyabrida Kobulga tashrifi chog‘ida AQSh qo‘shinlariga murojaat qilmoqda
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Trampning 2019 -yil noyabrida Kobulga tashrifi chog‘ida AQSh qo‘shinlariga murojaat qilmoqda

Qatar poytaxti Dohada Afg‘oniston hukumati hamda Tolibon jangarilari o‘rtasida tinchlik muzokaralari davom etarkan, AQSh prezidenti Donald Tramp 3 - noyabrga qadar mamlakatdan Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketishga oshiqmoqda.

3 - noyabr kuniga belgilangan AQSh prezidentlik saylovida Jo Baydenga qarshi bellashadigan Tramp saylov kampaniyasi davomida Afg‘onistondagi urushni tugatish borasida bergan va’dasi ustidan chiqishni istaydi.

AQSh armiyasining ayrim rasmiylari, Kongress a’zolari va tahlilchilar Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarini tezda olib chiqib ketish Kobul hukumati qulashiga hamda Tolibon hokimiyatni qo‘lga olishiga zamin yaratishidan xavotirda.

Tramp iyul oyida prezidentlik sayloviga qadar Afg‘onistondan 4-5 ming nafar AQSh askari qolishini va’da qilgan edi.

AQSh hamda Tolibon harakati shu yil fevral oyida xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistondan olib chiqib ketilishini ko‘zda tutuvchi kelishuvga erishgandi.

Unga binoan, AQSh 2021 - yilning mayiga qadar mamlakatdan barcha Amerika askarlarini olib chiqib ketadi.

Buning evaziga Tolibon Afg‘onistonda terror guruhlariga boshpana berishni to‘xtatishi va Kobuldagi hukumat bilan muzokara olib borishi kerak.

XS
SM
MD
LG