Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:27

Tojikistonlik biznesmen va sobiq askar ID terror hujumiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda


Fojia ro‘y bergan kunda tarqatilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, otishma chog‘ida 15 jangari va ikki nafar xavfsizlik xizmat xodimi o‘ldirilgan, 5 kishi hibsga olingan.
Fojia ro‘y bergan kunda tarqatilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, otishma chog‘ida 15 jangari va ikki nafar xavfsizlik xizmat xodimi o‘ldirilgan, 5 kishi hibsga olingan.

Tergovga yaqin manbalarning ma’lum qilishicha, o‘tgan haftada Tojikiston chegara punktiga hujum qilganlardan biri o‘sha yerda askar bo‘lib xizmat qilgan. Hujumni Islom davlati (ID) uyushtirgani aytilmoqda.

Gumon etilayotgan shaxs hujum qilingan binoni va uning atrofini besh qo‘liday bilgan, shuning uchun ham jangarilar aynan mana shu chegara punktiga hujum uyushtirgan, dedi Tojikiston xavfsizlik xizmati 11 noyabrda “Ozodlik” radiosiga.

Ismi Anvar ekani aytilayotgan gumonlanuvchining yoshi 30 dan oshgani xabar qilindi.

Gumonlanuvchi hujumchilar Tojikistonning Rudakiy tumanidagi chekka Sultonobod hududida qurol-yarog‘ni qo‘lga kiritib, boshqa joylardagi kattaroq joylarga hujum qilishni rejalashtirgani aytilmoqda.

Tojikiston hokimiyat idoralariga ko‘ra, 6 noyabr erta tongda 20 nafar qurollangan jangari, jumladan, 3 nafar ayol O‘zbekiston bilan Tojikiston chegarasidagi postga hujum qilgan.

Fojia ro‘y bergan kunda tarqatilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, otishma chog‘ida 15 jangari va ikki nafar xavfsizlik xizmat xodimi o‘ldirilgan, 5 kishi hibsga olingan. Boshqa manbalarda tojik xavfsizlik xodimlaridan 7 nafari o‘ldirilgani xabar qilindi.

Hukumat hujum haqida na boshqa brifing o‘tkazdi va na bayonot berdi. U mamlakatdagi axborot vositalarini qattiq nazorat qiladi. Rasmiy shaxslar, odatdagiday, axborot vositalari savollariga javob berishdan bosh tortmoqda.

Dushanbedagi manbalar amaldorlar qo‘lga olingan va so‘roq qilinayotgan 5 jangaridan muhim ma’lumotlar olganini aytmoqda.

Jangarilar 3 ayol: Rahbar Boqieva, Malohat Haydarova va Zulxumor Jumaevani hujumda ishtirok etishi uchun yollagan, chunki ular kamroq shubha uyg‘otishi sababli hujum oldidan askarlarni chalg‘itish uchun kerak bo‘lgan, deb xabar bermoqda manbalar.

Hujumdan bir oz oldin Boqieva chegara postiga borib, postda turgan chegarachiga yo‘ldan adashib qolganini aytgan va undan yo‘l ko‘rsatib yuborishni iltimos qilgan.

Hech narsadan shubhalanmagan kuzatuv minorasidagi chegarachi uning oldiga tushib kelgan, Boqiyeva uni pichoq bilan yaralagan.

Hujumchilar hujum boshlanishidan oldin bir necha soat Laylikuya va Qizilnishon qishloqlarida payt poylab turgan, keyin to‘rtta ulovda chegara postlariga yetib kelgan.

Ulovlarni hujum qilgan jangarilarning biri – oti Iskandar ekani aytilayotgan tadbirkor sotib olgan ekan. Aytilishicha, Iskandar bir necha hafta oldin biznesini 13 ming dollarga sotib, o‘sha pulga 4 ta avtomobil xarid qilgan.

Tojikiston hukumati dastlabki bayonotlarida barchasi tojik millatiga mansubligi aytilayotgan jinoyatchilar tojik-afg‘on chegarasini ID filiali bo‘lmish “ID-Xuroson” rahbariyatining buyrug‘i bilan kesib o‘tganini aytgan edi.

Biroq hibsda ushlab turilgan kishilardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilarning faqat 6 nafari Afg‘onistondan kelgan, qolganlari Tojikistonda yashayotgan kishilar bo‘lgan.

ID hujum uchun mas’uliyatni zimmasiga olishini iddao qildi, biroq bu bayonot shubha uyg‘otmoqda.

Gumonlanuvchilar bilan ID o‘rtasida aloqa bo‘lgani isbotlangani yo‘q, ID o‘z iddaosi uchun isbot ko‘rsata olmadi.

ID Tojikistonda 2018 yil iyulida 4 nafar g‘arblik velosipedchini o‘ldirganini hamda 2018 noyabri va 2019 yil mayida qamoqxonalarda ko‘p odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan isyonni uyushtirganini ham iddao qilgan edi.

Londondagi Qirollik birlashgan xizmatlar instituti katta ilmiy xodimi Raffello Pantuchchining fikricha, bu ishga ID ko‘rsatma bergani yoki voqea uning ig‘vosi bilan ro‘y berganini isbotlaydigan hech narsa yo‘q.

Tojikistonlik ekspert Ne’matulloh Mirsaidovga ko‘ra, IDning Todjikistonga ikkita taxmin qilingan hujumi tashkilotning Markaziy Osiyoga kampaniyaga o‘xshash bir narsa boshlaganini anglatishini aytishga hali erta.

9 millionga yaqin aholisining asosiy qismi musulmon bo‘lgan Tojikiston hokimiyat idoralari diniy ekstremistik tashkilotlar xavfidan ogohlantirib keladi.

Joriy yil iyulida BMT Xavfsizlik kengashi xabarida 31 yashar tojik millatiga mansub Sayvali Shafiyev “ID-Xuroson” bo‘linma rahbari bo‘lgani va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan 200 jangariga yetakchilik qilayotgani aytilgan edi.

Rasmiy Dushanbega ko‘ra, tojik xavfsizlik xizmatlari Shafiyevni 2018 yili bir necha yirik terrorchilik hujumi uyushtirish maqsadida fitnaga qo‘l urganlikda ayblab chiqqan, ammo fitna fosh bo‘lganini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG