Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:55

Boboni nevaralari ko‘zida haqoratlagan hokim uzr so‘radi (VIDEO)


To‘g‘ri, inson sifatida, jahl ustida fuqaroga nisbatan haqorat so‘zini ishlatib qo‘ydim. Hokim sifatida, rahbar sifatida bu so‘zni ishlatmasligim kerak edi. Shuning uchun xalqimizdan qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib uzrimni so‘rayman. Bu xato-kamchiligimni boshqa qaytarmayman, deb va’da beraman.

Bu so‘zlarni Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tuman hokimi Ravshan Komilov ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videomurojaatida aytdi.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan boshqa bir videoda Ravshan Komilov bir boboni nevaralari bilan begona daladan dumbul o‘g‘irlaganlikda ayblab, haqoratlagani aks etgan. Jarayonni tuman ma’muriyati rahbari o‘zi videoga olgan.

"Nevaralaringni ham o‘g‘rilikka o‘rgatyapsanmi? Nima „xay“? Nima „hokim-buva“? Nima „hokim-buva“? Nimaga o‘g‘irlayapsan? Uyalmaysanmi, og‘ayni? Bechora bir tadbirkor ekdi, eksportini qiladi. Tumanning eksporti shuning bo‘ynida yotibdi. Sen olib ketsang to‘rtta, u olib ketsa to‘rtta. Men ***** qo‘yamanmi eksportga? Nima „nevaralar“? E padaringga la’nat! Ol buni! E uyatsiz! Vijdoning chirisin seni. Ochko‘z. Padaringga la’nat. Ochingdan o‘l undan ko‘ra. ***** sotib ol!", - deydi hokim.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi mazkur holat yuzasidan tekshiruv boshlagani xabar qilindi.Bu xabar ortidan chorshanba kuni kechqurun hokimning videomurojaati e’lon qilindi. Unda hokim avvaliga "tumanimizning eksport salohiyati haqida men qayg‘urmasam, kim qayg‘uradi? Hokim sifatida men buni ham o‘ylashim kerak, tadbirkorni ham o‘ylashim kerak", deb, so‘ngra kechirim so‘raydi.

XS
SM
MD
LG