Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:02

OzodTarmoq: Xalqdan gazni mutlaqo uzib, eksport qilish kerak!


OzodTarmoq - Ozodlikning yangi rukni. Unda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boramiz.

OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida farg‘onalik bloger Dima Qayum Feysbukdagi sahifasida 22 avgust kuni e’lon qilgan postni e’tiboringizga havola qilayapmiz. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

***

Xash-pash deguncha qish ham kirib keladi...
Shaharliklarni bilmadimu biz qishloqliklar qish faslini to‘g‘rirog‘i qish azoblarini yomon ko‘ramiz!

Pechka o‘rnat, puli bor o‘tin ko‘mirni zo‘ri, puli yo‘q ko‘mir tuprog‘i, molni bo‘qi, eshik-derazaga plyonka qoq, sham g‘amlab qo‘y...

Bir xona uyga qamalib olamiz...
Xammom ham dars xonayu mehmonxona ham shu uy bo‘ladi.
Mehmon kelib qolsami... hayriyat mehmon ham o‘zimizdan tushinadi...

Qishda nam o‘tinni, kalishni, nam tortgan ko‘mirni yoqish azobini his qilishni o‘zi azob!

Eshikni och uy tutab ketdi!
Eshikni yop uy sovib ketdi!
Bolalar burni oqqan!
Ikki kunda bir apteka....

Eng daxshati is gazi.. yodingizda bo‘lsa avvalgi qishda ko‘plab o‘lim bilan bog‘liq xodisalarni yozishdi axborot saytlari...

Is gazi, qo‘lbola pech, shlang orqali tortildi va xokazo va xokazo... (ayb o‘lganda!)

Birortasi "Ayb bizda gaz berolmadik Xalqqa!" demadi...

Shukrkim prezidentni o‘zlari "Odamlar gazsiz, elektrsiz qiynalmoqda!" deb gapirishmoqda...

Axolini gaz bilan ta’minlanish shart bo‘lgan birinchi masala aslida!

O‘zingni gazingni eksport qilib yana qarz bo‘lib qolish kulgili!

"Yangi yilni issiq uylarda kutib olishadi!" deyishdi "ishondik!"

Boshqasi "Qishda gaz bo‘ladi!" deyishdi ishondik! Ammo..!

Haqiqatdan Xalqqa to‘liq gaz berishni xohlasalaring bu Xalq boshida olib yuradi sizni ishoning!

Qishloqlardagi ko‘p gaz trubalari kesilib ketdi, grp lar chirib yotibdi... to‘liq gazlashtirish uchun kamida 3 yil zarur!

Agar gaz beramiz desalaring qishloqliklarni o‘zi pul to‘plab, trubada o‘zlari tortib keladi! Faqatgina gaz bering!

Gaz balonda gaz berish esa... axir biz gazni sotib olmayapmizku?

Shaxsan o‘zimni taklifim Xalqdan gazni mutloqo uzib eksport qilish! Bu bilan iqtisodimizni ko‘taramiz!
Xalqqa esa uzliksiz 24 soatli elektr energiyasi berilsa bo‘ldi!

O‘tin va ularni narxi bu yil oshadi. Bir motoroli 400-500 ming so‘m bo‘ladi... daraxtlar kesilaveradi kesilaveradi...

Qish g‘amini yozda ye!

XS
SM
MD
LG