Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:51

OzodTa'sir: Ozodlik xabari ortidan rasmiylar O‘ring‘och ko‘li atrofini chorpoyalardan xalos qildi


“Ўрунғоч” кўли
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:13 0:00

O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi Burchimulla davlat o‘rmon xo‘jaligiga mansub O‘ring‘och soy kichik ko‘li atrofida qonunga zid ravishda o‘rnatilgan chorpoyalarni olib tashladi. Bu haqda qo‘mitaning Facebook’dagi sahifasida aytiladi.

O‘ring‘och ko‘li bo‘yida qonunga xilof ravishda ayvonlar qurilib, choyxona va qayiqda sayr qilish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgani, ko‘l atrofi shu kunda aroqdan bo‘shagan shishalaru oziq-ovqat qoldiqlari, chiqindilarga to‘lib toshgani haqida Ozodlik 12 iyul kuni maqola e’lon qilgandi.

Xabardor kishilarning Ozodlikka ma’lum qilishlaricha, so‘nggi oylarda bu maskanni xususiy tadbirkorlar egallagan, ular suv ustiga shiyponlar qurib, shashlik va palovxo‘rlarga ijaraga berishni boshlagan. Ko‘lga qayiq va katamaran tashlab, sayr qilish xizmatlari ham yo‘lga qo‘yilgan.

Давлат муҳофазаси остидаги Ўринғоч кўлини айш-ишратчилар эгаллади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:03 0:00

Bu maskanga borgan o‘zbekistonliklar “ko‘lni ifloslantirishning oldi olinmasa, bir-ikki yildan keyin "Nefrit" ko‘limizdan ayrilamiz”, deya tashvish izhor etganlar.

O‘ring‘och ko‘li atrofidagi vaziyatni o‘rgangan Davlat ekologiya qo‘mitasining aniqlashicha, ko‘lning qirg‘oq oldi hududi 3 kishiga ijaraga berilgan, ular esa ko‘l yaqiniga noqonuniy ravishda chorpoyalar o‘rnatib olganlar.

Qo‘mita qonun talablarini buzgan vatandoshlarning ayvon va chorpoyalari buzib tashlangani, ko‘l suviga har xil chiqindilar tashlab, suvni ifloslantirganligi uchun ularning har biriga jarimalar belgilangani, ijarachilar ushbu holat qayta sodir etilmasligi yuzasidan ogohlantirilganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG