Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:15

OzodDayjest: Harvard doktoranti Botir Qobilov O‘zbekiston Zimbabvedan ham kambag‘al ekanini yodga soldi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

O‘zbekistonda partiyaviy tizim chuqur tanazzulda ekanidan xavotir bildirildi. Harvard doktoranti O‘zbekiston dunyodagi kambag‘al davlatlardan biri ekanini eslatdi. Olmaliq kombinatiga tegishli oltin konidagi o‘g‘rilik fosh etildi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

O‘zbekistonda partiyaviy tizim chuqur tanazzulda deb baholandi

O‘zbekistondagi partiyaviy tizim chuqur tanazzulda ekanidan xavotir bildirildi (www.minbar.uz, 10 iyul). Qayd etilishicha, partiyalar o‘zining asosiy – vakillik vazifasini bajarmayapti. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoy strukturasi o‘zgargan, lekin partiyalar bu o‘zgarishlar ortidan yetolmagani sababli zamonaviy talablarga javob berolmayapti. Boz ustiga, hokimiyatlar taqsimlanishi tamoyili ham ishlamaydi. Shu bois vakillik instituti real vakolatlarga ega emas, barcha muhim qarorlarni ijroiya hokimiyat qabul qiladi. “O‘zbekistonda muxolif partiya yo‘q, davlat ro‘yxatidan o‘tgan va parlamentga kirgan beshala partiyaga ham aholi hukumatning bir qismi sifatida qaraydi”, deb yozadi elektron nashr.

Ta’kidlanishicha, 2019 yil dekabrida o‘tishi kutilayotgan parlament va mahalliy kengashlar saylovlari oldingilaridan printsipial farq qilmaydi. Negaki, salmoqli islohotlar uchun vaqt qolmadi, qolaversa, islohotlar uchun siyosiy iroda ham sezilmayapti. Ammo 2024 yildagi elektoral tsiklgacha partiyalar o‘zini jiddiy isloh qilmasa, millat va o‘z kelajagiga raxna solishi mumkin.

Qayd etilishicha, o‘zbek partiyaviy tizimini isloh qilish ko‘p jihatdan prezident administratsiyasiga bog‘liq. Shu bois prezident ma’muriyatining partiyalar ustidan kuratorligini olib tashlash tavsiya etilgan.

Harvard doktoranti Botir Qobilov O‘zbekiston Zimbabvedan ham kambag‘al ekanini yodga soldi

Harvard biznes maktabi doktoranti, iqtisodchi Botir Qobilov baland parvozdan yerga tushish va O‘zbekiston dunyodagi eng kambag‘al mamlakatlardan biri ekanini unutmaslik lozimligini ta’kidladi. “Yalpi ichki mahsulotning (YaIM) aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qiymati bo‘yicha hisoblaganda, O‘zbekiston dunyodagi mamlakatlarning 80 foizidan ko‘ra kambag‘alroq. Biz buni obro‘ga putur yetmasin deb investorlar, sayyohlar yoki xorijiy do‘stlarimizga aytishni xohlamasligimiz mumkin, ammo yoqsa ham, yoqmasa ham, ushbu haqiqatni bilib qo‘yishimiz kerak”, deb yozdi iqtisodchi Telegramdagi sahifasida.

Qayd etilishicha, Afrika qit’asining deyarli yarmi O‘zbekistondan boyroq; O‘zbekiston YaIM urush yoki harbiy nizolar sodir bo‘layotgan barcha mamlakatlarning o‘rtacha YaIMdan kamroq; cobiq SSSRning faqat ikki mamlakatigina (Qirg‘iziston va Tojikiston) O‘zbekistondan kambag‘al. O‘zbekiston hatto Mo‘g‘uliston (2,7 barobar) va Zimbabvedan ham (1,5 barobar) kambag‘alroq.

Iqtisodchi Botir Qobilov YaIMning pastligi haqidagi raqamlar ko‘pchilikka yoqmasligi, Toshkent markazida yashovchi aholi bundan hatto bexabar ham bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.

Olmaliqdagi oltin konida o‘g‘rilar ushlandi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tegishli Ko‘chbuloq oltin konida o‘g‘rilik jinoyati fosh etildi. Bu haqda Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori Nariman Izmullaev “Huquq” nashri orqali ma’lum qilgan. Bir necha kishidan iborat jinoiy guruh Ko‘chbuloq oltin koniga yashirincha kirgan va oltin moddasi bor rudalarni yig‘ib, mashinaga joylagan. Oltin ruda to‘ldirilgan qoplar bilan ular uzoqqa bora olmagan, huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga tushirgan. Mashinadan tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan 232,5 million so‘mlik 109 kilogramm ruda va boshqa ashyoviy dalillar topilgani xabar qilingan.

XS
SM
MD
LG