Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:15

Imon Karimova o‘zbekistonliklarni onasini ozod qilish tashabbusiga qo‘shilishga chaqirdi


Imon Karimova Instagramdagi bu sahifa o‘ziniki ekanini tasdiqlagan¸ ammo unga qo‘yilayotgan matnlarni boshqalar yozib berayotganini aytgan.
Imon Karimova Instagramdagi bu sahifa o‘ziniki ekanini tasdiqlagan¸ ammo unga qo‘yilayotgan matnlarni boshqalar yozib berayotganini aytgan.

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi 7 iyuldan 10 iyulgacha Gulnora Karimova qamoqxonada qizi Imon Karimova bilan uzoq muddatli uchrashuv o‘tkazgani haqida ma’lum qildi.

Vazirlikning bildirishicha, uchrashuvdan so‘ng Imon Karimova bilan suhbat o‘tkazilgan.

“U onasi Gulnora Karimovaning ayni paytda sog‘ligidan shikoyati yo‘qligini,zarur hollarda muassasa tibbiyot bo‘limi xodimlari tomonidan o‘z vaqtida alohida e’tibor qaratilayotganini, onasiga nisbatan O‘zbekiston hukumati tomonidan hech qanday bosim o‘tkazilmayotganini bildirdi”, deyiladi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi bildiruvida.

Imon Karimova avvalroq Instagram messenjeridagi Iman.k17 sahifasida qamoqda onasi bilan ko‘rishganini, ayni paytda Gulnora Karimovaning sog‘lig‘i yomonlashib, ahvoli og‘irligini yozgan edi.

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi bayonotida aytilishicha, Imon Karimova Iman.k17 sahifasi o‘ziga tegishli ekanini, biroq “onasi bilan bog‘liq materiaallar ushbu sahifaga boshqa shaxslar tomonidan tayyorlanishini ma’lum qilgan”.

Ayni paytda Imon Karimova onasi bilan uchrashuvidan so‘ng Instagram sahifasi orqali prezident Shavkat Mirziyoevga murojaat qildi.

"Bugun onamni ko‘rdim. Har kuni ishemiya ( biror a’zo ëki to‘qimalarga qon yetishmasligi - tahr.) xuruji bo‘layapti. Ayniqsa¸ gipertonik kriz (qon bosimining to‘satdan ko‘tarilib ketishi - tahr.) ortidan prolaktin keskin ko‘tarilib ketdi¸ bu esa miyada gipofiz o‘smasiga olib keladi"¸ deb boshlanadi Imon Karimova sahifasida e’lon qilingan xat.

Onasining og‘ir ahvolda ekanini tasvirlagan Imon Karimova¸ Mirziyoevdan zudlik bilan operatsiyaga muhtoj onasini ozodlikka chiqarishni so‘raydi.

Bu xati so‘nggida Imon Karimova¸ onasi taqdiriga befarq bo‘lmagan o‘zbekistonliklardan Gulnora Karimovani ozod qilish tashabbusiga qo‘shilishni so‘ragan.

Oliy sud har oy "ayollarga jazoni liberallashtirish dasturingizga muvofiq" xotin-qiz mahbuslarni ozod etmoqda¸ degan Islom Karimovning nevarasi¸ joriy prezidentdan onasiga reabilitatsiya imkoni berishni so‘raydi.

2 iyul kuni O‘zbekiston marhum prezidentining nevarasi Imon Karimova o‘z Instagram sahifasida onasi va Toshkent hukumati o‘rtasidagi munosabatlarning joriy ahvoliga oid yangi tafsilotlarni ochiqlagan edi.

Instagram Storyga qo‘yilgan rus tilidagi uch betlik xatida Imon Karimova onasining Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 21-sonli ayollar qamoqxonasidagi ahvolining kun sayin og‘irlashayotganini iddao qilgan.

Shundan so‘ng Adliya vazirligi Gulnora Karimova saqlanayotgan Zangiotadagi 21 -ayollar qamoqxonasida tekshiruv o‘tkazilgani, ammo Karimovaning salomatligiga oid iddaolar tasdiqlanmaganini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG