Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:07

Oliy sud Karimov qamog‘ida eng uzoq o‘tirgan siyosiy mahbus Samandar Qo‘qonovni oqlamadi


Samandar Qo‘qonov qariyb 24 yillik qamoqdan keyin 2016 yilning 24 noyabr kuni ozodlikka chiqarilgan edi.
Samandar Qo‘qonov qariyb 24 yillik qamoqdan keyin 2016 yilning 24 noyabr kuni ozodlikka chiqarilgan edi.

10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati 24 yil qamoqda saqlangan sobiq siyosiy mahkum, O‘zbekiston Oliy Kengashi sobiq deputati Samandar Qo‘qonovning reabilitatsiya qilishni so‘rab yozgan arizasini qanoatlantirmadi.

Oliy sudning besh kishilik kassatsiya sudlov hay’ati Samandar Qo‘qonovning jinoyat ishini qayta ko‘rib chiqib¸ dastlabki instantsiya sudi hukmini o‘zgarishsiz qoldirish haqida ajrim chiqardi.

Bu haqda Ozodlikka 75 yashar Qo‘qonovning o‘zi ma’lum qildi.

10 iyul kuni Ozodlik bilan suhbatda Samandar Qo‘qonov¸ ozodlikka chiqqanidan uch yilcha o‘tib¸ Oliy sud hay’ati chiqargan ajrim¸ O‘zbekistonda sud tizimi mustaqilligi haqidagi umidlarni puchga chiqarganini aytarkan, bunday dedi:

- Karimov davridagi tuzum o‘zgarishsiz qolipti. Meni oqlash o‘rniga bular (eski hukmni kuchda qoldirib)¸ norozi bo‘lsang nazorat tartibida yoz¸ deyapti. Hozirgacha nazorat tartibida¸ kassatsiya tartibida olti marta yozganman¸ bu yettinchisi edi o‘zi. Men hech qachon jinoyatchi bo‘lmaganman¸ menga ochilgan jinoyat ishi Karimov davridagi to‘qimalardan tuzilgan. Shu gaplarni Oliy sud hay’atiga aytdim. Hammasi eshitdi¸ lekin hukmni kuchda qoldirib¸ ëqmasa nazorat tartibida ëz¸ dedi. Bularning nima o‘yin o‘ynayotganini tushunmayapman.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:48 0:00
Бевосита линк

10 iyul kungi ajrimda¸ “Qo‘qonovga ochilgan jinoyat ishidagi epizodlarning barchasi o‘z isbotini topgani, daliliy ashyolar va guvohlar bilan yetarlicha asoslangani uchun qondirilmadi”¸ deyilgan.

Mahkamada qatnashgan Ezgulik inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovga ko‘ra¸ sud majlisidan so‘ng unga raislik qilgan hakam, “jinoyat ishidagi 20 tomlik materiallarning barchasi to‘la qonuniy me’yorlar asosida o‘rganib chiqilgani va ularning birortasini rad qilib bo‘lmasligi”ni aytgan.

Samandar Qo‘qonovning himoyachisi Nuriddin Sandiboev Oliy sud hay’ati oldida qilgan chiqishida:

Oliy sud Samandar Qo‘qonovni uning o‘zi uchun emas, balki mamlakatda borayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda umid uyg‘otish, Mirziyoev siyosatiga ishontirish uchun ham oqlashi kerak”, degan.

- Qo‘qonovni ushlashda¸ qamoqqa olishda va tergov jarayonida buzilgan huquqlarining o‘zi¸ uning oilasiga o‘tkazilgan tazyiqlar o‘sha paytda hukmdor bo‘lgan Islom Karimovning topshirig‘i bilan bajarilganini hamma biladi. Lekin¸ nazarimda¸ sud tizimida o‘sha Islom Karimov davrida ishlagan odamlar hozirgacha faoliyat ko‘rsatayapti¸ haligacha o‘sha rasm-rusumlar¸ o‘sha yuqoriga qarab harakat qilishlar¸ sud tizimi mustaqil ekanini his qilmaslik davom etayapti. Uning misoli bugungi hukmdir¸ deydi Qo‘qonov mahkamasida jamoat himoyasichi sifatida qatnashgan shoir Hamroqul Asqar.

Ozodlik bilan suhbatda Samandar Qo‘qonov¸ haqiqat qaror topishi uchun kurashni davom ettirishi¸ qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda¸ yana reabilitatsiya urinishini davom ettirishini aytadi.

- Men oqlanishga umid qilgandim. Aksincha, menga 1994 yilning 23 avgustidagi hukmni qayta o‘qib eshittirishdi. O‘zimni mutlaqo aybsiz hisoblayman va kurashni davom ettiraman. Hayotda men na davlatga¸ na biror shaxsga ziyon yetkizmaganman¸ dedi Samandar Qo‘qonov.

Samandar Qo‘qonov kim?

O‘zbekiston Oliy kengashi deputati¸ Chinoz neftni qayta ishlash korxonasi sobiq boshlig‘i Samandar Qo‘qonov 1993 yilning 2 iyul kuni davlatga qarashli katta miqdordagi mol-mulkni talon-toroj qilganlik aybi bilan hibsga olingan.

MXX yerto‘lasida bir yarim yil saqlanganidan so‘ng¸ 20 yillik qamoqqa hukm etilgan va bu bir yarim yil qamoq muddatidan chegirilmagan.

Asli Jizzax viloyatining Forish tumanidan bo‘lgan Samandar Qo‘qonov 1989 yili Shavkat Mirziyoev bilan bir chaqiriqda O‘zbekiston Oliy Kengashi deputatligiga saylangan.

​Uni yaqindan tanigan maslakdoshlari 80-yillar oxirida siyosiy maydonda faol ko‘zga tashlangan tadbirkor va deputatning shaxsan Islom Karimov topshirig‘i bilan qamoqqa olingani va shaxsan Karimov topshirig‘i bilan qamoqda shuncha vaqt saqlanganini ta’kidlaydilar.

Qo‘qonovning Karimov g‘azabiga uchraganini izohlagan o‘zbekistonlik tahlilchilar¸ buni Qo‘qonovning 80-yillar oxirida demokratik muxolifatga qo‘shilgani¸ xususan¸ Erk demokratik partiyasiga moliyaviy yordam bergani bilan bog‘laydilar.

Karimov davrida eng uzoq – qariyb 24 yil qamoqda o‘tirgan Samandar Qo‘qonov 2016 yil 24 noyabr kuni – vaqtincha prezident Shavkat Mirziyoev prezidentlikka saylanishidan 10 kun avval¸ kutilmaganda ozodlikka chiqarilgan edi.

Sud tomonidan berilgan so‘nggi qamoq jazosi oktabr oyida tugaganiga qaramay¸ tutqunlikda saqlab turilgan Qo‘qonovning ozod etilishi¸ prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoevga ham mamlakat ichkarisi¸ ham tashqarisida olqishlar bildirilishiga sabab bo‘lgan edi.

YI va AQSh rasmiylari¸ xalqaro huquq tashkilotlari Karimovning siyosiy muxolifatga qarshi shavqatsiz siyosati qurboni deb ko‘rilgan Qo‘qonovning ozod etilishini¸ O‘zbekistonda yangi siyosiy davr boshlanganidan mujda sifatida qabul qilgan edi.

XS
SM
MD
LG