Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:18

Qozog‘istonda hukumatga qarshi namoyishlarda o‘nlab kishi qo‘lga olindi (VIDEO)


Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari Olmaotadagi muxolifat norozilik namoyishi vaqtida bir kishini hibsga olmoqda.
Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari Olmaotadagi muxolifat norozilik namoyishi vaqtida bir kishini hibsga olmoqda.

Elboshi Nursulton Nazarboevning tavallud kuni - 6 iyulda aksilhukumat mitingiga chiqqan o‘nlab namoyishchi hibsga olindi.

6 iyul kuni Nur-Sulton shahri ko‘chalariga namoyishga chiqqan kishilar forma va fuqarolik kiyimidagi politsiyachilar bilan to‘qnashdi hamda politsiyaning maxsus avtobuslariga sudrab olib kelindi.

Xavfsizlik kuchlari agentlari ekani aytilayotgan kishilar “Ozodlik” muxbirlari va videooperatorlariga hibsga olish jarayonini tasvirga olishiga shamsiyalar bilang to‘sqinlik qildi. Noma’lum kishilar “Ozodlik” muxbirlarining video va efirga uzatish jihozlariga shikast yetkazdi.

Ba’zi hibsga olinganlar namoyishga aloqasi bo‘lmagan kishilar bo‘lib chiqdi; bir ayolning “Ozodlik”ka aytishicha, daryo bo‘yida sayr qilib yurganiga qaramay, politsiyachilar 15 yashar farzandini tutib olib ketgan.

Нур-Султонда ўнлаб намойишчи ҳибсга олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:08 0:00

6 iyul kuni kechgacha Nur-Sultonda kamida 70 kishi hibsga olindi. Mamlakatning tijorat poytaxtida ham taxminan shuncha kishi ushlandi. Mustaqil Vlast.kz vebsayti Olmaotada 100 ga yaqin kishi ushlanganini xabar qildi.

Chimkent, Qarag‘anda va Oral shaharlarida ham namoyishlar o‘tkazilgani va o‘nlab odam hibsga olingani haqida xabarlar bor.

Norozilik namoyishlarining tashkilotchilaridan biri taqiqlangan “Qozog‘istonning demokratik tanlovi” siyosiy partiyasi ekani aytilmoqda. Uning ortida 2009 yildan beri muhojirotda yashayotgan oligarx Muxtar Ablyazov turadi.

Qozog‘iston hukumati vakillariga uzoq vaqtdan beri muxoliflik qilib kelayotgan Ablyazov hokimiyat idoralari bilan bot-bot to‘qnashmoqda. O‘tgan yili sud uning partiyasini ekstremistik tashkilot deb topgan va taqiqlagan edi.

6 iyulda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari uzoq yillardan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan Nursulton Nazarboev qo‘qqisdan iste’foga chiqib, Toqaevni vorisi deb ataganidan beri bo‘layotgan tadbirlarning navbatdagisi bo‘ldi.

Toqaev 9 iyunda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida rasman g‘olib chiqqan edi. Ammo xalqaro kuzatuvchilarga ko‘ra, “saylov paytida tinch namoyishchilar hibsga olindi, ovoz berish vaqtida ko‘plab qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yildi, bu demokratik me’yorlarga hurmat kamligini ko‘rsatdi”.

XS
SM
MD
LG