Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:04

OzodTa'sir: Qo‘mita onasi saratonga chalingan qizlarga yordam va’da qildi (VIDEO)


Опа-сингил қизчалар касал онасини даволатиш учун тиланчилик қилиб, пул йиғаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:42 0:00

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari Toshkentda saratonga chalingan onasini davolatish uchun pul yig‘ayotgan ikki qizchani yo‘qladi. Ozodlikka yo‘llagan rasmiy bayonotda qo‘mita qizaloqlarning onasini o‘z nazorati ostida davolatishni zimmasiga olganini bildirgan.

Ozodlik Toshkent shahrining Olmazor tumanda saratonga chalingan onasini davolatish uchun ko‘chada tilanchilik qilib, pul yig‘ishga mahkum qolgan ikki qiz - Sitora va Nozima haqida 13 iyun kuni xabar qilgan edi.

Bu video chop etilganidan biroz o‘tib, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi qizaloqlarning ahvolini o‘rgangani va ularning onasi vaziyatini nazoratini qo‘lga olganini bildirib, Ozodlikka javob yo‘lladi.

Quyida ushbu bayonotni tahrirsiz chop etmoqdamiz:

"O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari “Ozodlik” Radiosi orqali qo‘yilgan “Hech narsaga qiziqish yo‘q, onam yashasalar bo‘ldi...” mavzusidagi maqola yuzasidan Sitora va Nozima yashaydigan xonadonga bordi.

Ularni qiynayotgan masalani atroflicha o‘rgandi. Unga ko‘ra, haqiqatan ham bu qizlarning onasi saraton kasaliga chalingan. Hozirda Tibbiyot akademiyasida navbatdagi davo muolajasini olmoqda, Qo‘mita davolanish uchun dori-darmonlarini o‘z vaqtida yetkazilib berilishini nazoratga oldi.

Sitora va Nozima bugunning o‘zidayoq Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan yozgi-qishki kiyim-kechak bilan ta’minlandi. Ta’tildan so‘ng maktabga o‘z vaqtida to‘liq taьlim olish uchun sharoitlar yaratildi.

Xonadonning tabiiy gazdan qarzdorligi saxovatpesha insonlar tomonidan to‘lab berildi. Hozirgi kunda qizlar buvisi qaramog‘ida".

XS
SM
MD
LG