Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:52

Mirziyoevning o‘g‘li va kuyovlari Dubay amiri o‘g‘illarining to‘yiga bordi


Prezidentning ikkinchi kuyovi Otabek Umarov Instagram sahifasida e’lon qilgan surat.
Prezidentning ikkinchi kuyovi Otabek Umarov Instagram sahifasida e’lon qilgan surat.

O‘zbekiston prezidentining 10 yashar o‘g‘li Alisher Mirziyoev¸ prezidentning kuyovlari Oybek Tursunov va Otabek Umarov , shuningdek nabirasi Miromon Birlashgan arab amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid al Maxtum o‘g‘illarining 6 iyun kungi to‘yida qatnashdi.

Prezident oilasining to‘yga borgani ularning Shayx Maxtum bilan tushgan surati Otabek Umarovning Instagram sahifasida qo‘yilganidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.

Suratda Dubay amirining prezident Mirziyoev o‘g‘lini quchoqlab turgani va Mirziyoev kuyovlarining to‘yi bo‘layotgan dubaylik kuyovlardan biri bilan bir safda turgani ko‘riladi.

Prezidentning katta kuyovi Oybek Tursunov prezident administratsiyasi rahbarining 1-o‘rinbosari¸ kichik kuyovi Otabek Umarov esa¸ prezident xavfsizlik xizmati rahbarining 1-o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Hozircha prezidentning o‘g‘li va kuyovlarining Dubay amirlik oilasi to‘yida O‘zbekiston hukumatini tamsil qilgani yoki shaxsiy taklifga ko‘ra borganiga oid ma’lumot yo‘q – prezident matbuot xizmati birinchi oila erkaklarining Dubay birinchi oilasi o‘g‘illarining to‘yiga borganiga oid xabar bermadi.

Dubay amiri Iyd al fitr - Ramazon hayiti nishonlanayotgan 6 iyun kuni birvarakayiga uchta o‘g‘lini uylantirdi va unda asosan arab dunyosidan kelgan xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.

Asosiy to‘y tantanasi Jahon savdo markazida o‘tkazildi va matbuot xabarlariga ko‘ra¸ bu to‘y Dubay amiri boylik va imkoniga qiyoslanganda nisbatan kamtar o‘tkazilgan.

Joriy yil mart oyi oxirida Shavkat Mirziyoev BAAga qilgan tashrifi doirasida 26 mart kuni Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid al Maxtum bilan uchrashgan edi.

O‘zbekiston rasmiy matbuoti BAA safarining “sermahsul” bo‘lgani va “umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya kelishuvlari” imzolangani haqida yozdi. Hozirga qadar bu milliardlardan qanchasi O‘zbekistonga olib kirilgani haqida biror ma’lumot yo‘q.

O‘zbekistondagi hukmron elita Karimov davridan beri Dubay shayxi va amirlari bilan yaqin aloqaga ega.

Ozodlik ixtiyoridagi Dubay ko‘chmas mulk reestridan olingan hujjatlarga ko‘ra¸ eski-yangi hukumat rahbarlarining aksariyati Dubayda qimmatbaho ko‘chmas mulk¸ Dubayda ro‘yxatga olingan kompaniyalar va Dubay banklarida hisoblarga ega.

Islom Karimov davrida og‘ir iqtisodiy jinoyatlarda ayblangan yirik o‘zbekistonlik tadbirkorlar ham Dubaydan boshpana topgan.

XS
SM
MD
LG