Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:39

Ahmadboy ustidan ikkinchi sud jarayoni yakunlandi. Hukm o‘qildi


Ahmadjon Tursunboev
Ahmadjon Tursunboev

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni – 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud o‘z yakuniga yetdi.

Bu haqda xabar qilgan kun.uzga ko‘ra, sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

"A.Tursunboevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi a, v bandlari bilan ish haqi 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosi ham tayinlandi", deb xabar qildi kun.uz.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tumani sudida chinozlik tadbirkor Ahmadboy Tursunboevga nisbatan ikkinchi sud jarayoni boshlandi. Bu haqda 4 aprel kuni mahalliy matbuotda xabar bergan edi.

Xabarda aytilishicha, “moliyaviy piramida yaratib, odamlarning katta miqdordagi mablag‘i va mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lgan kiritgan chinozlik Ahmadjon Tursunboev” bilan birgalikda yana 16 odam sudlanayotgan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida 2018 yil 21 fevralda Ahmadboyni 13 yillik qamoqqa hukm qilgan.

Ahmadboy Tursunboev ustidan hukm o‘qigan sudya odamlarning mulkini qaytarish bo‘yicha alohida jinoyat ishi tergovi davom etayotgani va aholi qaytarishga umid qilayotgan mulk, pullar masalasi shu jinoyat ishi doirasida ko‘rib chiqilishini bildirgan edi.

Xabarda aytilishicha, mazkur jinoyatishi doirasida bugunga kelib 11 ming 500 dan ziyod jabrlanuvchidan 7 mingdan ko‘prog‘i so‘roq qilindi, 20 nafar guvohning ko‘rsatmalari sudda tinglandi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG