Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:27

IIB yolg‘iz onaning uyiga bostirib kirib¸ kaltaklab sochini olganlar ishida "jinoyat" topa olmadi


“Samosud” qurboni bo‘lganini iddao qilgan Shahzoda Husanovaning sochi olingunga qadar va olinganidan keyingi surati.(Suratlarni Husanovaning o‘zi taqdim qilgan va o‘zining roziligi bilan chop qilindi)
“Samosud” qurboni bo‘lganini iddao qilgan Shahzoda Husanovaning sochi olingunga qadar va olinganidan keyingi surati.(Suratlarni Husanovaning o‘zi taqdim qilgan va o‘zining roziligi bilan chop qilindi)

Toshkent shahar Yunusobod tuman Ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) toshkentlik Shahzoda Husanovani "samosud" qilganlar qilmishida jinoyat tarkibini topa olmadi.

Toshkent shahar prokuraturasi Shahzoda Husanovaning shikoyat arizasiga yo‘llagan javob xatida shunday yozilgan.

Ikki farzandning onasi, 28 yashar Shahzoda Husanova Ozodlik bilan suhbatda ichki ishlar xodimlarini o‘zini tahqirlaganlarga yon bosishda aybladi.

O‘tgan yil Ozodlikka murojaat qilgan Shahzoda Husanova 2018 yil 4 oktabr kuni uyiga uch ayolning bostirib kirib, kaltaklab, sochini kal qilib olib tashlaganini da’vo qilgan edi.

"Samosud"

Shahzoda Husanovaning hikoya qilishicha¸ u Telegram kanalida T. Sh. ismli yigit bilan yozishib yurgan.

Bu yozishmalardan xabar topgan yigitning xotini M.N. va yana ikki ayol Husanovaning uyiga bostirib kirgan.

(Ozodlikda Shahzoda Husanovaning uyiga bostirib kirgan uch nafar ayol shaxsiga oid ma’lumot bor. Aybsizlik prezumpsiyasidan kelib chiqib¸ ular ismi oshkor qilinmaydi.)

Ozodlikda nusxasi bo‘lgan Yunusobod IIB F-2 ish jildiga tikilgan bayonnomaga ko‘ra¸ bostirib kirgan uch ayol Husanovani urib, yerga yotqizgan.

So‘ngra o‘zlari bilan olib kelgan mexanik soch olish mashinkasida Husanovaning sochini olishgan.

Husanova kaltak zarbidan hushsiz bo‘lib qolganidan keyin uning oltin taqinchoqlarni olib, uydan chiqib ketishgan.

Ozodlikda nusxasi mavjud bo‘lgan Sud-tibbiy ekspertiza Bosh byurosining Baxtiyor Abdaxatov imzolagan 5457-sonli xulosasida Husanovaga “yengil jarohat yetkazilgani” qayd qilingan.

Husanovaning kaltaklanganiga oid IIB ish jildidagi hujjat
Husanovaning kaltaklanganiga oid IIB ish jildidagi hujjat

Hujjatda yozilishicha¸ Husanovaning sochi mashinkada olingan va tirsak¸ yelka, bilak hamda ikkala sonida qontalash¸ shilinma va tish izlari qolgani aniqlangan.

Respublika Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ​mazkur hodisa yuzasidan Yunusobod tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limida tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlanganini bildirgan edi.

Tekshiruv xulosasi

Toshkent shahar prokuraturasi 2 aprel kuni Shahzoda Husanova shikoyat arizasiga yo‘llagan javobida unga "nisbatan tan jarohati yetkazganliklari holati yuzasidan" 2018 yil 22 dekabrda N. M. va boshqalarga Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat Kodeksining 227-moddasi (Bezorilik) 2-qismi "b" (bir guruh shaxslar tomonidan) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan.

Ko‘p o‘tmay¸ dastlabki tergov natijalariga tayangan shahar prokuraturas Yunusobod tuman IIO FMB N.Mga nisbatan "jinoyat ishi Jinoyat Protsessual Kodeksining 84-moddasi 5-qismi, 1-bandiga asosan to‘xtatilganini bildirgan.

23 aprel kuni Yunusobod tuman IIB vakili Ozodlik bilan suhbatda​ Shahzoda Husanova "samosud"da ayblayotgan shaxslar ustidan qo‘zg‘atilgan ish "qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgani uchun" yopilganini aytdi.

"Biz dastlabki tergovni olib bordik. Lekin tergov paytiga kelib qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan va vaziyat o‘zgarishi oqibatida Shahzoda Husanova ayblayotgan shaxslar ijtimoiy jihatdan xavfli bo‘lmay qolgan¸ deb e’tirof etildi. Shunga jinoyat ishi ma’muriy huquqbuzarlikka o‘zgartirildi," dedi dastlabki tergov ishida ishtirok etgan ichki ishlar xodimi.

23 aprel kuni Ozodlik bilan suhbatlashgan Shahzoda Husanova tergovoldi surishtiruvi paytida o‘zini "samosud" qilgan shaxslarning uyiga bostirib kirgani va tahqirlagani umuman hisobga olinmaganini aytdi.

- Hisobga olinmapti hech qaysi. Bo‘lmasa, man hamma narsani ilova qilganman. Rasmlari bilan ilova qilganman.Hech qaysini inobatga olishmadi. Hech kim eshitmayapti, - dedi Shahzoda Husanova.

XS
SM
MD
LG