Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:45

Muxolifat faoli Nasrullo Sayyid O‘zbekistonga kiritilmadi


Nasrullo Sayyid 13 yildan buyon Kanadada istiqomat qiladi
Nasrullo Sayyid 13 yildan buyon Kanadada istiqomat qiladi

20 aprel oqshomida Kanadaninng Edmonton shahridan Istanbul orqali Toshkentga uchib borgan O‘zbekiston parlamentining sobiq deputati, muxolifatdagi "Erk" partiyasining faoli Nasrullo Sayyid Islom Karimov xalqaro aeroportida to‘xtatilib, 21 aprel tongida O‘zbekistondan chiqarib yuborildi.

Nasrullo Sayyid Kanada fuqarosidir.

O‘zbekiston prezidenti farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 fevraldan 45 ta mamlakat, shu jumladan Kanada fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilangan.​

O‘zbekistonga kiritilmagani haqda Ozodlikka hozir Istanbulda bo‘lgan Nasrullo Sayyidning o‘zi ma’lum qildi.

Nasrullo Sayyid 13 yildan buyon Kanadada istiqomat qiladi.

12 soatga cho‘zilgan 15 daqiqa

61 yashar Nasrullo Sayyidning aytishicha, Istanbuldan parvoz qilgan samolyot Toshkentga qo‘ngach, uni Islom Karimov nomidagi aeroportning pasport nazoratidan ichkariga o‘tkazishmagan:

- O‘sha yerdagi ofitser pasportimni qo‘liga olganidan keyin, menga bir qaradida, stolidan bir narsalarni izlab, qandaydir ro‘yxatnimi, bilmadim, bir narsani ko‘rdi. Keyin menga qarab: "Chekkaga o‘tib turing", dedi. Boshqalarni o‘tkazib yubordi. Chekkada turgandim ikki minut o‘tmasdan ikki kishi keldi-da qo‘limdan ushlab: "Aka bu yoqqa yuring, mana bu xonaga kiramiz, siz bilan 15 minutlik suhbat bor" dedi.

Nasrullo Sayyid va’da qilingan "15 daqiqalik suhbat" 12 soatga cho‘zilganini aytdi. Bir soatcha davom etgan dastlabki suhbatdan keyin chegara xodimlari uni aeroport yerto‘lasida joylashgan maxsus xonada tongga qadar ushlab turganlar:

- Bir sovuq xonaga olib kirdi. Xonada bir krovat qo‘yilgan. "Mana shu yerda o‘tirib turasiz, siz bilan suhbat bo‘ladi, dedi .

Nasrullo Sayyidga ko‘ra, xonada ekan, undan Kanadaga nima uchun borgani va nima uchun yana O‘zbekistonga qaytgani haqidagi "bachkana" savollar berilgan:

- Unisi kiradi shunaqa savollarni beradi, bunisi keladi, lekin kimligini ham aytmaydi. Qachon bu savollaringiz tugaydi desam, tepadan buyruq shunaqa, shu yerda o‘tirib turasiz, deydi, - dedi Nasrullo Sayyid.

"Tepadagilar biladi"

Nasrullo Sayyidga ko‘ra, xavfsizlik mulozimlari uni aeroport yerto‘lasida 12 soatdan ko‘proq vaqt davomida ushlab turganlar va so‘ngra yana Istanbulga parvoz qilayotgan samolyotga o‘tkazib, ortga qaytarib yuborganlar:

- Qaerdandir naryad olib kelgan. Milisalar qatooor turibdi. Qo‘llarida pistoletlari bor. Koridorni ichidan meni olib bordi-da meni samolyotga o‘tqazishdi.

Nasrullo Sayyidga ko‘ra, aeroport xodimlari uni O‘zbekistonga kiritmaslik to‘g‘risidagi qarorni "tepadagilar biladi" deya izohlaganlar va uning qo‘liga O‘zbekistonga kiritmaslik haqidagi aktni topshirganlar.

Nasrullo Sayyidni O‘zbekistonga kiritmaslik haqidagi akt
Nasrullo Sayyidni O‘zbekistonga kiritmaslik haqidagi akt

Rus tilida bitilgan aktda Nasrullo Sayyidni O‘zbekistonga kiritmaslik to‘g‘risidagi qaror "Xalqaro fuqaroviy aviatsiya haqidagi Konvensiya"ga 9-ilovaga asosan qabul qilingani aytilgan.

Ushbu ilovaga ko‘ra, bir shaxs o‘zi safar qilgan o‘lka xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lsa, bu o‘lka uni o‘z hududiga kiritmaslik huquqiga egadir.

Nasrullo Sayyid O‘zbekiston parlamentining sobiq xalq deputatidir.

U 1990 yillar boshida muxolifatdagi "Erk" demokratik partiyasining Buxoro viloyat bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

Nasrullo Sayyid 2017 yilda Prezident Mirziyoevdan O‘zbekistonga qaytishga izn berishni so‘ragandi.

O‘shanda Nasrullo Sayyid undan asossiz ravishda O‘zbekiston fuqaroligi olib qo‘yilganini aytgandi.

Uning Ozodlikka aytishicha, 2005 yilda O‘zbekistondan chiqib ketishiga hofiz Dadaxon Hasanning qo‘shiqlarini tarqatgani haqidagi ayblovlar sabab bo‘lgan.

U 2019 yil boshida Kanada fuqaroligini olganini aytadi.

Nasrullo Sayyid O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston fuqaroligidan chiqqani haqidagi maktub bilan Toshkentga safar qilganini bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 fevraldan 45 ta mamlakat, shu jumladan Kanada fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilangan.

Hukumatning 17 apreldagi qarori bilan esa xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

XS
SM
MD
LG