Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:17

Noroziliklarga qaramay Tojikistonda internet narxi qimmatladi


Ijtimoiy tarmoqlardagi noroziliklarga qaramay Tojikistonda internet narxi qimmatlashdi. Tojikiston hukumati qoshidagi Monopoliyaga qarshi kurash xizmatining mobil Internet va NGN telefon suhbatlari tariflarini oshirish borasidagi 2019 yil 4 martdagi №31 qarori 18 apreldan boshlab kuchga kirdi.

Aksilmonopoliya xizmatining raqobat va muhofaza boshqarmasi xodimi Rajabali Maxsiddinovning 18 aprel kuni ma’lum qilishicha, Tojikistondagi barcha mobil kompaniyalari internet va mobil aloqa xizmatining yangi tariflariga o‘tdi. "Aksilmonopoliya xizmatining farmoyishi hayotga tatbiq etilmoqda, biror bir o‘zgarishlar yo‘q», -deya ta’kidladi Maxsiddinov.

Tojikiston Aksilmonopoliya xizmati 2019 yil 4 martdagi farmoyishi bilan mobil aloqa operatorlariga aktsiz va soliqlar hisobga olinmagan holda 1 Mb internet uchun kamida 5 diram narx belgilashni yukladi. 18 apreldan boshlab operatorlarning bir gigabayt (1024 Mb) interneti kamida 62 somoni turadi. Avvallari tojik operatorlarining bir Gb internet narxi taxminan 30-35 somoni turardi.

18 apreldan boshlab mobil aloqa operatorlari taklif qilgan internet-paketlar bekor bo‘ldi. Tojikiston mobil operatorlari o‘zlarining saytlarida yagona tariflarni uch turga bo‘lganliklarini - 25,30 va 35 somoni bo‘lgan abonent to‘lovlari joriy etilganini ma’lum qildilar.

Mobil Internet va NGN orqali telefon suhbatlarining tariflari oshirilishi borasidagi qaror ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin noroziliklariga sabab bo‘ldi. Mobil kompaniyalarga boykot e’lon qilish chaqiriqlari yangradi va hatto poytaxtda norozik aksiyasi o‘tkazish taklifi berildi.

Bishkekda yashovchi tojik eksperti Asomiddin Atoevning fikricha, aksilmonopoliya xizmatining qarori 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Tojikiston taraqqiyoti milliy strategiyasining hayotga tatbiq etilishiga to‘siq bo‘lishi mumkin. Milliy strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri, uning so‘zlariga qaraganda, Tojikistonni informatsion texnologiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirishdan iboratdir.

XS
SM
MD
LG