Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:15

Termizda yuz bergan portlashda 2 kishi halok bo‘ldi (VIDEO)


Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahridagi ko‘pqavatli uylardan birida yuz bergan portlashda ikki kishi halok bo‘ldi.

Hodisa haqida Ozodlikka ma’lum qilgan viloyat Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimining aytishicha, portlash sodir bo‘lgan yangi binoga aholi yaqinda ko‘chib o‘tgan.

Portlash sodir bo‘lgan imorat Termiz markazidagi sobiq viloyat tug‘uruqxonasi yaqinida joylashgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatidan quyidagi xabar yetib keldi:

"Termiz shahar IIO FMB 2-sonli IIB navbatchilik qismining xabar berishicha, "2019 yil 08 aprel kuni soat taxminan 11-30 larda Termiz shahri, “Do‘stlik” mahallasi, A.Navoiy ko‘chasi, 10-uy yerto‘lasida fuqaro I.B.ga tegishli bo‘lgan “Fasad Diyor” MChJga qarashli bo‘lgan yerto‘laga I.B.ning amakisi I.R. va fuqaro R.A. bilan birgalikda omborxonada saqlanayotgan hojatxona qog‘ozi va boshqa tovarlarni ko‘zdan kechirish maqsadida yerto‘laga tushganlar. Yerto‘la qorong‘u bo‘lganligi sababli elektr chirog‘ini yoqqan vaqtda yerto‘lada to‘plangan is gazi va elektr energiyasining o‘zaro kimyoviy reaksiyasi natijasida portlash holati kelib chiqqan."

Bosh prokuratura natijada, xodisa joyida bo‘lgan ikki fuqaro halok bo‘lganini tasdiqladi.

"Ushbu holat yuzasidan hozirda viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda",- deya qo‘shimcha qildi Bosh prokuratura​ matbuot xizmati.

Ozodlikka yetib kelgan videoda portlashdan keyin vahimaga tushgan odamlar va ko‘pqavatli binodan bursiqib tutun chiqayotgani aks etgan.

Термиздаги портлашда камида икки киши ўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:27 0:00

Portlash yuz berganidan ko‘p o‘tmay yo‘l harakat xavfsizligi xodimlari bino atrofini o‘rab olgan.

Ichki ishlar xodimining Ozodlikka aytishicha, voqeadan bir necha soat o‘tib Qarshi shahridan sapyorlar yetib kelgan.

XS
SM
MD
LG