Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:46

Sobiq Bosh prokuror qamoq kasalxonasiga yotqizildi


Sobiq Bosh prokuror Rashitjon Qodirov
Sobiq Bosh prokuror Rashitjon Qodirov

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida ishi ko‘rilayotgan sobiq Bosh prokuror 66 yashar Rashitjon Qodirov 30 yanvar kuni xalq orasida "Sangorod" nomi bilan tanilgan qamoq kasalxonasiga yotqizildi.

Bu haqda jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi mulozimi Ozodlikka bildirdi.

Ayni xabarni Oliy sudga yaqin huquqshunos ham tasdiqladi.

Ozodlik tasarrufida Qodirov kamerasiga shoshilinich tarzda yetkazib berilgan dorilar ro‘yxati bor.

Qodirovning sog‘lig‘i juda yomonlashdi. To‘g‘rirog‘i uning sog‘lig‘i yomonlashtirildi”¸ dedi Qodirovni yaqindan bilgan va ismi aytilishini istamagan O‘zbekiston Ichki ishlar tizimida yuqori lavozimda ishlaydigan mulozim.

"U yotgan kameraga uchta loxmach (IIV bilan hamkorlik qiladigan mahkum-taxr.) joylashtirilgan. Bu loxmachlar Rashid Xamidovichga ruhiy bosim o‘tkazib, hamma aybni bo‘yniga olishni talab qilishgan. Buni ortidan uning salomatligi keskin yomonlashgan¸" deydi mulozim.

O‘zbekiston Oliy sudiga yaqin va ismi efirda aytilishini istamagan bir huquqshunosning Ozodlikka aytishicha¸Rashitjon Qodirovning 30 yanvarda sangorodda muolaja uchun yotishi taktik hiyladan boshqa narsa emas:

"To‘g‘ri sangorodga o‘tkazildi. Ammo menga ma’lum bo‘lishicha, bu advokatlar va uni qo‘llaydigan ba’zi mullzimlar ko‘magidagi sahnalashtirilgan o‘yin, xolos¸" deydi huqushunos.

Ozodlik suhbatlashgan Toshkentdagi mashxur advokatlik shirkati boshlig‘i "ayblanuvchi haqida jamoatchilik fikrini o‘zgartirish uchun himoyachilar" shunday taktikani qo‘llashini aytadi:

"Bu taqiqlangan usul emas. Ayblanuvchiga nisbatan jamoatchilikda ijobiy munosabat uyg‘otilsa, sud ham, gumanizm prinsipidan kelib chiqib, buni inobatga oladi. Konkret situatsiyani olsak, 66 yashar doimo yaxshi parvarishda bo‘lgan odam qamoqqa tushgandan keyin salomatligiga ta’sir qilmay qolmaydi. Buni sahnalashtirilgan deb hisoblamayman. Advokatlar ayblanuvchining yoshi va salomatligiga fokus qilmoqda, xolos," dedi taniqli advokat.

2000 yildan to 2015 yilga qadar O‘zbekiston Bosh prokuror lavozimini egallab kelgan Rashitjon Qodirov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining "Tovlamachilik" (165-moddasi), "Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish" (205-modda) va "Pora olish" (210-modda) moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Oxirgi marta 17 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashitjon Qodirov va uning jinoiy sheriklari deb ko‘rilayotgan bir guruh sobiq mulozim ustidan sud majlisi bo‘lib o‘tgan edi.

Qodirov va sheriklari ustidan ​mahkama jaraëni 7 yanvar kuni boshlangan edi.

17 yanvar kungi majlisga, Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ jami 13 nafar sudlanuvchi olib kelingan.

Mahkama qattiq qo‘riqlanayotgan binoda o‘tmoqda¸ yopiq o‘tayotgan jarayonga sudlanuvchilar yaqinlari ham qo‘yilmayotir.

Ozodlikka Yunusobod tuman sudi tashqarisidagi harakatlarni kuzatayotgan sudlanuvchilar yaqinlarining bildirishicha¸ sudlanuvchilardan ikki nafari sud zaliga "Sangorod"dan tibbiy zambilda olib kelinmoqda.

Hozircha mahkamaning qancha davom etishi¸ uning qachon hukm chiqarishi haqida ma’lumot yo‘q.

XS
SM
MD
LG