Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:33

“Hurriyat”ni reanimatsiya qilish kerakmi yoki o‘lib ketaversinmi?


“Hurriyat” – gazeta. Hatto gazetaga nisbatan bo‘lsin, sarlavhaga chiqarilgan savol o‘ta sovuq eshitiladi. Lekin “Hurriyat” shu kunda masalani shunday shafqatsizlarcha qo‘yadigan ahvolda ekanligi O‘zA axborot agentligida bir qator jurnalistlar e’lon qilgan bitiklardan ma’lum bo‘ldi.

Jurnalist Ahmadjon Meliboev “Hurriyat” muxlislari, qaerdasiz?” sarlavhasi ostidagi luqmasida "Yangi yilning birinchi oyi yarimlab qoldiki, ammo ko‘pchilik uchun qadrdon bo‘lib qolgan “Hurriyat” gazetasi negadir ko‘rinmayotgani, bu holat muxlislarni tashvishga sola boshlagani" to‘g‘risida kuyunib yozdi.

Meliboevning chiqishiga javoban fikr bildirgan jurnalist Muhammadjon Obidov O‘zAda qilgan chiqishida xabar qilishicha, “Hurriyat”ga 612 kishi obuna bo‘lgan, xolos.

O‘zAda kechayotgan bahsga OzodNazar ham qo‘shildi va sarlavhaga chiqarilgan savolni bir necha yil “Hurriyat”ning mas’ul kotibi bo‘lib ishlagan Abdurahmon Tashanovga berdi.

“Ҳуррият”ни реанимация қилиш керакми ёки ўлиб кетаверсинми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:33 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG