Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:09

Saratovda halokatda o‘lgan 5 o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi


2017 yilning 6 oktabrida Rossiyaning Vladimir oblastida mehnat muhojirlarini olib ketayotgan avtobusni poezd urib yuborishi oqibatida 16 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, yana 36 nafari jarohatlangan edi.
2017 yilning 6 oktabrida Rossiyaning Vladimir oblastida mehnat muhojirlarini olib ketayotgan avtobusni poezd urib yuborishi oqibatida 16 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, yana 36 nafari jarohatlangan edi.

Rossiyaning Saratov viloyati hududidagi temiryo‘l kesishmasida poezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida o‘lgan 5 o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning jasadi Ozinskiy tumani markaziy shifoxonasi morgida saqlanmoqda.​

Halok bo‘lganlarning shaxsiga doir ma’lumotlar

FVV axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, shu yilning 17 noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00larda Saratov oblasti Ozinskiy rayoni hududida yuk poezdi va «Setra» rusumli avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Halokat natijasida avtobusda 5 o‘zbekistonlik voqea joyida halok bo‘lgan, 2 qozog‘istonlik esa tan jarohati olgan.

Halok bo‘lgan yo‘lovchilar ro‘yxati:

1. Abdumannob Maxmutalievich Bozorov, 1975 yilda tug‘ilgan;

2. Alimardon Qosimalievich Egamov, 1986 yilda tug‘ilgan;

3. Gulxumor Jumaboevna Qosimova, 1987 yilda tug‘ilgan;

4. Orzixon O‘ktamovna Xalilova, 1987 yilda tug‘ilgan;

5. Murodjon Yusupovich Zaidov, 1975 yilda tug‘ilgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi Ozinskiy tumani markaziy shifoxonasi morgida saqlanmoqda.

Ayni paytda, halok bo‘lgan fuqarolarning shaxsiga to‘liq aniqlik kiritish, yaqin qarindoshlariga xabar berish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirilayotgani xabar qilindi.

Rossiya politsiyasi haydovchiga ish ochdi

Shuningdek, "Interfaks" agentligining xabar qilishicha, Rossiya politsiyasi poezd bilan to‘qnashgan avtobus haydovchisiga nisbatan nisbatan jinoiy ishi ochilgan.

Xabarda aytilishicha, 61 yashar haydovchi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 264-moddasi, 5-qismi bilan yo‘l harakati qoidalarini buzishda gumon qilinmoqda va u hisbga olingan.

Qozog‘istonning Astraxandagi konsuli Kanat Shekkaliev 17 noyabr kuni halokatda jarohatlangan haydovchi va yordamchisi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgandi.

RIA Novosti agentligining xabar qilishicha, shifoxonaga tushgan qozog‘istonliklardan birining ahvol og‘irdir, ammo bu shaxs haydovchimi yoki uning sherigi - bunga hanuz aniqlik kiritilmadi.

Halokat tafsilotlari

Rossiyaning RIA Novosti xabariga ko‘ra, 17 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00da (Toshkent vaqti bilan soat 13:00da) Saratov viloyati Ozinskiy tumani hududida, "Engels—Yershov—Ozinskiy" trassasining 1-kilometrida "Saratov — Ulyanovsk" yo‘nalishi bo‘ylab qatnovchi Mercedes rusumli avtobus yuk poezdi bilan to‘qnashgan.

"Avtobusda 7 kishi bo‘lgan, ularning 5 nafari O‘zbekiston fuqarolari, 2 nafari qozog‘istonlik. O‘zbekiston fuqarolarining barchasi halok bo‘lgan, qozog‘istonliklar shifoxonaga yotqizilgan", deyiladi RIA Novosti xabarida.

Rossiya matbuotiga ko‘ra, avtobus haydovchisi poezd yaqinlashayotgani haqida signal berilgan bo‘lsa-da, kesishmadan o‘tishga uringan.

2017 yilning 6 oktabrida Rossiyaning Vladimir oblastida mehnat muhojirlarini olib ketayotgan avtobusni poezd urib yuborishi oqibatida 16 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, yana 36 nafari jarohatlangan edi.

XS
SM
MD
LG