Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:38

Saratovda poezd va avtobus to‘qnashuvida besh o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


Rossiyaning Saratov viloyati hududidagi temiryo‘l kesishmasida poezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avtobusda jami 7 kishi bo‘lgan, ikki nafar qozog‘istonlik - haydovchi va uning yordamchisi omon qolgan.

Rossiyaning RIA Novosti xabariga ko‘ra, 17 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00da (Toshkent vaqti bilan soat 13:00da) Saratov viloyati Ozinskiy tumani hududida, "Engels—Yershov—Ozinskiy" trassasining 1-kilometrida "Saratov — Ulyanovsk" yo‘nalishi bo‘ylab qatnovchi Mercedes rusumli avtobus yuk poezdi bilan to‘qnashgan.

"Avtobusda 7 kishi bo‘lgan, ularning 5 nafari O‘zbekiston fuqarolari, 2 nafari qozog‘istonlik. O‘zbekiston fuqarolarining barchasi halok bo‘lgan, qozog‘istonliklar shifoxonaga yotqizilgan", deyiladi RIA Novosti xabarida.

Rossiya matbuotiga ko‘ra, avtobus haydovchisi poezd yaqinlashayotgani haqida signal berilgan bo‘lsa-da, kesishmadan o‘tishga uringan.

Lekin, haydovchi shifoxonada, uni so‘roq qilishning imkoni yo‘q.

Halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi hozircha noma’lum.

2017 yilning 6 oktabrida Rossiyaning Vladimir oblastida mehnat muhojirlarini olib ketayotgan avtobusni poezd urib yuborishi oqibatida 16 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, yana 36 nafari jarohatlangan edi.

XS
SM
MD
LG