Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:24

Lava oqimi Havayidagi elektr stansiyasiga yaqinlashib qoldi


Havayidagi vulqon.
Havayidagi vulqon.

Sekin siljiyotgan lava oqimi Kilauea vulqoni atrofida joylashgan elektr stansiyasiga yaqinlashib qoldi. Orol rasmiylari elektr stansiyasining ham lava ostida qolib ketmasligi uchun chora ko‘rmoqdalar.

Rasmiylarga ko‘ra, Havayi shtatiga qarashli 38 mVt elektr quvvati ishlab chiqarayotgan Puna geotermal kompaniyasiga (PGV) “bevosita xatar” yo‘q.

Ammo Puna geotermal kompaniyasi yaqinidagi yoriqlardan lava chiqib turibdi va asta-sekin hududga oqib kirmoqda. “Lava oqimi PGVga yaqin joydagi eski Havayi geotermal loyihasining kulini ko‘kka sovurdi”, deyiladi shtat ma’murlari tarqatgan xabarda.

Mas’ul idoralar turbinasi issiq havo bilan ishlaydigan elektr stansiyasidagi vaziyatni yaqindan kuzatib turibdi.

Ehtiyot chorasi sifatida tez o‘t oladigan kimyoviy moddalar stansiyadan boshqa joyga ko‘chirildi va quduqlar sovuq suv bilan to‘ldirildi.

Hozir u yerdan bug‘ chiqib turibdi.

Fuqaro mudofaasi tashkiloti vakilining qayd etishicha, 22-yoriqdan tinmay lava chiqib turibdi va okeanga oqib tushadigan boshqa xavfli kanalni to‘ldirmoqda.

Qaynab turgan lava suvga tekkanda ishqorli bug‘ hosil bo‘ladi va bu hodisa “laze” deb ataladi. “Laze” so‘zi inglizcha “lava” (“lava”) va “haze” (“yengil tuman”, “g‘ubor”) so‘zlari qo‘shilishidan yasalgan.

U bug‘ bilan vulqon shishasining mayda zarralaridan iborat tuz kislotasi aralashmasidir.

Kilauea dunyodagi eng faol vulqon bo‘lib, Havayi Ulkan Orolidagi beshta vulqonning biridir.

U 3 may kuni otildi. Shundan so‘ng uning yaqinidagi tog‘da yashovchi 2000 kishi uylaridan ko‘chishga majbur bo‘ldi.

Olimlar vulqon faolligi ulkan otilishning debochasi bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. XX asr 20-yillari o‘rtasida orolda shunday kuchli vulqon otilishi ro‘y bergan edi.

XS
SM
MD
LG