Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:54

Yog‘i olingan sut mahsulotlari Parkinson kasali xavfini oshiradimi?


“Nevrologiya” jurnalida chop etilgan ulkan tadqiqotda aytilishicha, kuniga 3 porsiya yog‘i olingan sut mahsulotlarini iste’mol qilish 1 portsiya iste’mol qilgandan ko‘ra Parkinson kasalining rivojlanish xavfini ko‘paytirar ekan.

Shuningdek, kuniga yog‘i kam yoki qaymog‘i olingan sutni 1 porsiyadan ko‘p iste’mol qilish haftasiga 1 porsiyadan kam sut ichishga nisbatan Parkinson kasali rivojlanish xavfini oshirishi ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqot natijalari sut mahsulotlari Parkinson kasalligini keltirib chiqarishini anglatmaydi – faqat bog‘liqlik bor ekan.

- Tadqiqotimiz sut mahsulotlari va Parkinson kasalligining eng yirik tahlili bo‘ldi, - deydi Boston shahrining T.H.Chan nomidagi Harvard sog‘liqni saqlash maktabi xodimi, fan doktori Ketrin S. Hyuz. - Tadqiqot natijalari yog‘i olingan sut mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilish bilan Parkinson kasalligi rivojlanishi o‘rtasida, bir oz bo‘lsa-da, bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar tadqiqot o‘tkazish uchun “Hamshiralarning salomatligi tadqiqoti”da qatnashgan 80 ming 736 nafar ayol va Sog‘liqni saqlash sohasida ishlovchi mutaxassislarning nazorat tadqiqoti”da ishtirok etgan 48 ming 610 nafar erkakning taxminan 25 yillik ma’lumotlarini tahlil qilib chiqdi.

Ushbu tadqiqotlarda qatnashgan ishtirokchilar har ikki yilda sog‘liqni saqlashga va har to‘rt yilda parhezga oid so‘rovnomalarni to‘ldirib bordi.

O‘sha vaqt mobaynida 1036 kishi Parkinson kasalligiga chalindi. Tadqiqotchilar ular qaysi sut mahsulotlari, jumladan, sut, qaymoq, pishloq, yogurt, muzqaymoq, sariyog‘, margarin va mevali muzqaymoq iste’mol qilganini tekshirib bordi.

So‘ngra ular yog‘i olinmagan sut mahsulotlari, jumladan, sut Parkinson kasali kelib chiqishiga bog‘liq yoki emasligini aniqladi; bog‘liqlik yo‘q ekan.

Ammo kuniga 3 porsiyalik yog‘i olingan sut mahsulotlari iste’mol qilgan kishilarda kuniga faqat 1 porsiyalik sut mahsulotlari iste’mol qilgan kishilarga nisbatan 34 foiz ko‘p Parkinson kasalligining rivojlanish ehtimoli mavjudligi aniqlandi.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, mevali muzqaymoq yoki muzlatilgan yogurt yeyish ham kasallik kam rivojlanishi bilan bog‘liq ekan. Meta-tahlildan ma’lum bo‘lishicha, umuman, sut mahsulotlari iste’mol qilish Parkinson xastaligi xavfi oshishiga sabab bo‘lar ekan.

Shuni alohida qayd etish lozimki, Parkinson kasalligi bilan xastalanish ehtimoli bunday holatlarda juda past bo‘ldi. Kuniga 3 porsiya sut mahsulotlari iste’mol qilgan 5830 kishidan, bor-yo‘g‘i, 60 kishi yoki 1 foizi tadqiqot o‘tkazilgan davrda Parkinson kasalligiga chalindi.

Taqqoslaydigan bo‘lsak, kuniga 1 porsiya yog‘i olingan sut mahsulotlari iste’mol qilgan 77 ming 864 kishidan 493 kishi, ya’ni 0,6 foizi Parkinson kasalligi bilan xastalangan.

- Yog‘i olingan sut mahsulotlarini tez-tez iste’mol qilish bilan Parkinson kasalligiga chalinish o‘rtasida, oz bo‘lsa-da, bog‘liq mavjud ekan, - deydi Hyuz.

Shu bilan birga Parkinson kasalligining dastlabki belgilari parhez saqlash bilan bog‘liq harakatlarga va tadqiqot so‘rovnomalariga javob bergan ishtirokchilarga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligi ham aytilmoqda.

Sut mahsulotlarini iste’mol qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan oldin qo‘shimcha tadqiqot o‘tkazish talab etiladi.

XS
SM
MD
LG