Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:16

Soliq qo‘mitasi sobiq rahbari Botir Parpiev yana bir lavozimdan bo‘shatildi


Soliq qo‘mitasining sobiq raisi, general-leytenant Botir Parpiev.
Soliq qo‘mitasining sobiq raisi, general-leytenant Botir Parpiev.

Soliq qo‘mitasi sobiq rahbari Botir Parpiev 19 may kuni O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishida uyushma prezidenti lavozimidan ozod qilindi.

O‘zbekistonlik sport ustalarining aytishicha, sport federatsiyalariga rahbar tanlashda shu paytgacha amalda bo‘lgan yondashuvdan voz kechilmoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining 23 may kuni o‘zini tanishtirmay Ozodlik savollariga javob bergan mulozimining aytishicha¸ Parpiev taekvondo sporti sohasida ko‘zga tashlangan qator kamchiliklardan so‘ng ishdan olingan:

- Navbatdan tashqari konferensiyada qatnashgan 38 kishiniing hammasi Botir Rahmatovich ishdan ketsin, deya qo‘l ko‘tarib ovoz berdi. Ya’ni bir ovozdan qabul qilindi. Yig‘ilish qatnashchilari sobiq rahbarning terma jamoalarga iqtidorli sportchilar yetkazib berish¸ murabbiylar malakasini oshirish kabi masalalarda yo‘l qo‘ygan xatolarini sanab o‘tishdi. Yangi bo‘lgan rahbar Laziz Saydivalievich Hasanov oldiga aynan shu xatolarni tuzatish¸ Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik taekvondochilarning ishtirokini ta’minlash vazifasi qo‘yildi, - dedi mulozim. Uning aytishicha, anjuman ishida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari ishtirok etgan.

Qo‘mita hodimi Ozodlikning “Nega Parpiev soliq qo‘mitasi rahbarligidan bo‘shatilganidan keyingina taekvondo assotsiatsiyasi prezidentligidan ozod qilindi?” degan savoliga javob bermadi.

Shu paytgacha u yoki bu rahbarning asosiy lavozimidan bo‘shashi u egallab turgan lavozimlar, jumladan, sport uyushmalaridagi lavozimlarini avtomatik tark etishini ham anglatar edi.

Masalan, marhum prezident Islom Karimovning kichik qizi Lola-Karimova-Tillaeva YuNESKOda O‘zbekiston elchisi lavozimidan ketgani ortidan O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimini ham tark etgan edi.

Lola Karimova joriy yil apreliga qadar gimnastika federatsiyasiga prezident bo‘lgan
Lola Karimova joriy yil apreliga qadar gimnastika federatsiyasiga prezident bo‘lgan

Sport klublarini rahbarlar boshqaradigan tizimga chek qo‘yiladi

O‘zbekistonda 1991-2016 yillar mobaynida shakllangan an’anaga ko‘ra, sport klublari va federatsiyalariga mamlakat boshqaruvidagi qudratli mulozimlar boshchilik qilib kelgan.

Masalan, 1992 yildan 2005 yilgacha O‘zbekiston futbol federatsiyasiga o‘sha paytda Ichki ishlar vaziri bo‘lib ishlagan general Zokirjon Almatov rahbarlik qilgan.

Sport federatsiyasi rahbarlari ro‘yxatiga qaralsa, bugun ham ayni an’ana davom etayotganday ko‘rinadi.

Masalan, Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov bir vaqtning o‘zida futbol va boks fedreratsiyalari prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev esa, regbi¸ Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboeva velosport federatsiyasini boshqaradi. Shuningdek, federatsiya rahbaarlari orasida Salim Abduvaliev kabi “qudratli” tadbirkorlar¸ Quvondiq Sanaqulov kabi korxona rahbarlari bor.

Toshkentlik sport ustasi Dilmurod Bozorovning Ozodlikka aytishicha¸ keyingi paytlarda u yoki bu federatsiyaga rahbar tayinlash boshqa tarafga qarab o‘zgargan:

- O‘tgan oyda Gimnastika federatsiyasi prezidenti Lola Islomovna ishdan olinib, o‘rniga Zarina A’zamovna saylandi. Zarina Abdullaeva chinovnik emas, sportsmen. O‘q otish sporti federatsiyasi rahbari Jaloliddin Jaynakovichni ham misol qilsak bo‘ladi¸ deydi sport ustasi.

O‘zbekiston davlat boshqaruviga yaqin mulozimning ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka aytishicha¸ O‘zbekiston rahbari Mirziyoev bu tizimni o‘zgartirmoqchi.

- Aprel oyida bo‘lgan selektor yig‘ilishida Shavkat Miromonovich sport federatsiyalariga davlat amaldorlarining rahbar bo‘lishini qattiq qoraladi. Davlat mulozimi o‘z ishini qilsin¸ sportni esa menejerlar¸ tadbirkorlar boshqarsin dedi¸- dedi mulozim.

Toshkentlik sport ustasi Dilmurod Bozorovga ko‘ra¸ shu paytgacha ko‘pgina sport turlari o‘sha sohaga rahbar qilib tayinlangan qudratli amaldor irodasi bilan sun’iy ravishda ushlab turilgan.

-Taekvondo boks emas, futbol emas. Bu sport turi qudratli general Parpiev kuch-qudrati bilan amal-taqal qilib yurib turuvdi. Endi o‘z holiga qo‘yilsa, rivojlanishiga ko‘zim yetmaydi¸ - dedi sport ustasi.

XS
SM
MD
LG