Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:13

Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi pichoqlandi


Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi 48- o‘rta maktab o‘qituvchisi muntazam dars qoldirib kelgan o‘quvchini tergagani ortidan o‘quvchining darg‘azab tog‘asi tarafidan pichoqlandi.

O‘qituvchi og‘ir ahvolda kasalxonada yotibdi¸ tog‘aning ishi tergovda. Maktab rahbari va ota-onalar bilan suhbat asnosida Ozodlik muxbiri voqeaga oydinlik kiritdi.

Muallimga hujum

Voqeaga bevosita guvoh bo‘lgan va ismi sir qolishini istagan o‘qituvchining 21 may kuni Ozodlikka aytishicha, maktabdagi pichoqbozlik 17 may kuni soat 10 da sodir bo‘lgan:

- 17 may kuni 48- maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi muntazam dars qoldiradigan o‘quvchini kech qolib kelgani uchun darsga qo‘ymadi. O‘n minutdan keyin o‘quvchi maktabga tog‘asi va onasini boshlab keldi. Ular direktorimiz Dilfuza opaning kabinetiga kirib razborka boshlashdi. Fizkultura o‘qituvchisini ham chaqirishdi kabinetga. Buni o‘zim ko‘rdim. Bir muddatdan so‘ng direktor tashqariga chiqib ketdi. Shovqin-suronni eshitib o‘sha tomonga bordim. Ko‘zimning oldida o‘quvchining tog‘asi yur tashqariga deb o‘qituvchini maktab direktori xonasidan kridorga sudrab chiqdi. O‘quvchining onasi o‘qituvchiga tashlanib yuz-ko‘zini yulib tashladi. Tog‘a esa, fizkulturachining qorniga pichoq tiqdi. Skoriy chaqirdik. Menam bordim 16- kasalxonaga. Ikki sledak (tergovchi demoqchi) yetib kelib o‘qituvchidan ariza yozdirib oldi - dedi suhbatdosh.

“Bosti-bosti qilishmoqchi”

Ozodlik bu voqea yuzasidan 48- maktab rahbariyatidan izoh so‘radi. O‘zini "maktab direktori Dilfuza Nabievaning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muoviniman", deb tanishtirgan ayol Ozodlik muxbiri bilan suhbatda voqeani haso‘shlashga urindi:

- Direktorimiz hozir ROVDda. Men javob beraman bu masala haqida. To‘g‘ri 17 mayda shunaqa ko‘ngilsiz xodisa yuz berdi. Lekin o‘qituvchi o‘lmadiku?! Tergovchi aytdi¸ shovqin qilmay turinglar¸ uladitь qilamiz deb. Uka sizam Ozodlikda chiqarmang bu gapni. Ro‘za oyida musulmon musulmonni aybini bekitadi. Yoritmang bu voqeani,- dedi 48- maktab rahbarlaridan biri.

Voqeaga guvoh bo‘lgan o‘qituvchi ham “jinoyatni yopti-yopti qilishmoqchi “ deya Ozodlik bilan suhbatda ta’kidladi:

- Direktorimiz Dilfuza Nabieva hech kimga aytmanglar. Men ishdan ketsam, hammaga yomon bo‘ladi, deb yuribdi. Biz o‘qituvchilar maktab ichida bexavotir ishlashni istaymiz. Aybdorlar jazolansin. To‘g‘ri o‘sha kuni hamkasbimni ko‘kragiga pichoq tiqqan tog‘ani ichkariga obkirib qo‘yishdi. Lekin o‘qituvchini sochidan tortib yerga yotqizib yoqasini yirtgan onaga nisbatan chora ko‘rilmadi¸- dedi o‘qituvchi.

Chora ko‘riladi

Toshkent shahar xalq ta’lim boshqarmasining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha ma’sul xodimi Suhrob Qirg‘izboev Ozodlik bilan 21 may kungi suhbatda “Bu voqeaning ajiotaj bo‘lib ketganini va o‘qituvchi xavfsizligini ta’minlay olmagan maktab rahbarlari ishi taftish” qilinayotganligini aytdi.

- Tergov ketyapti. Maktab o‘qituvchisini maktab hududida pichoqlagan kishi hibsda. O‘qituvchi 16- shahar kasalxonasida davolanmoqda. O‘qituvchining ahvoli yaxshilanmoqda. Tergov tugaganidan keyin 48- maktab rahbariyatiga intizomiy chora ko‘ramiz albatta. Chunki ular maktab xavfsizligi bo‘yicha buyruqni bajarmagan. Buyruqda o‘tkir tig‘li predmetlarni maktab hududiga kiritmaslik alohida ta’kidlangan. Shahar hokimining 85 F qaroriga ko‘ra maktab hududiga kirishda metal dedektordan o‘tish kerak. Voqeadan keyin barcha maktab mudirlarini ogohlantirdik. Xavfsizlik choralari kuchaytirildi¸ - dedi mulozim.

Maktabdagi pichoqbozlar

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov joriy yilning fevralida O‘zA agentligiga bergan suhbatida o‘tgan yilda maktab o‘quvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan 1,5 mingdan ziyod jinoyat sodir etilganini aytgan edi.

1,5 ming jinoyatning bir nechasi haqda Ozodlik o‘z vaqtida xabar qilgan.

Xususan, o‘tgan yilning 6 oktabr kuni 1- sonli Toshkent yuridik kolleji talabasi 2 kursdoshini pichoqlagan edi. Talabalardan biri voqea joyida jon berdi. Pichoqlangan yana bir talaba Toshkentdagi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Toshkentdagi 1- sonli Toshkent yuridik kollejidagi “vahshiyliklar” o‘tgan hafta O‘zbekiston telekanalida ham tanqid qilingan edi.

So‘nggi paytlarda O‘zbekiston kollejlarida bir necha marta qotillik amalga oshirildi.

Toshkentdagi Borovskiy nomli Tibbiyot kollejida o‘tgan yil may oyida 17 yoshli Jasur Ibragimov kursdoshi tarafidan kaltaklab o‘ldirilishi katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Mart oyida esa Toshkent Davlat texnika universitetining 1-kurs talabasi Toshkentdagi kollejlardan birining o‘quvchisini rashq sababli, oshxona pichog‘i bilan jarohatlagan edi.

XS
SM
MD
LG