Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:50

"Oziq-ovqat qiroli" Zafar Fayziev uyi tintuv qilinganini Ozodlik bilan suhbatda rad etdi


O‘zbekiston savdo va oziq-ovqat sanoati sohasidagi eng qudratli shaxslardan biri sifatida tanilganmulozim, meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi - «O‘zbekoziqovqatzaxira» raisi 73 yashar Zafar Fayziev 23 mart kuni Ozodlik bilan suhbatda uyi tintuv qilingani va hibsda saqlanayotgan sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov ustidan ochilgan jinoyat ishi doirasida so‘roq qilinganini rad qildi.

Bundan oldin Zafar Fayzievga yaqin doiralarda uning so‘roq qilinib, pasporti olib qo‘yilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bu iddaolarga oydinlik kiritish uchun Ozodlik muxbiri Zafar Omonovich Fayzievnig o‘zi bilan bog‘landi.

Fayziev bilan bog‘lanishga undagan iddao

Ozodlikka yetib kelgan ma’lumotga ko‘ra¸ 21 mart kuni Fayzievning Toshkent shahri, Forobiy ko‘chasidagi xovlisini Bosh prokuratura xodimlari go‘yo tintuv qilgan va avtomobillarni ashyoviy dalil sifatida olib ketgan. Bosh prokuraturada bir necha soat davom etgan so‘roqdan keyin, go‘yo Zafar Fayzievning tobi qochib qolib, qiziga tegishli "Sitimed" kasalxonasiga keltirilgan. Iddaoga ko‘ra, “Zafar Omonovich hibsda qolayotgan sobiq prokuror Rashid Qodirov ustidan ochilgan jinoyat ishi doirasida so‘roq qilinmoqda va shaharni tark etmaslik borasida tilxat olingan"

"Uyi tintuv qilingan"ning raddiyasi

Ozodlik bilan suhbatda Zafar Fayziev o‘zining hibsda qolayotgan sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov va Mirag‘lam Mirzaevlarning jinoyat ishiga hech bir shaklda aloqasi yo‘qligini aytdi:

"Озиқ-овқат " қироли Зафар Файзиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:01 0:00

Fayziev : Tuhmat gaplar bular. Mani hech kim chaqirganiyam yo‘q, bo‘lishiyam mumkin emas bunday narsa. Man Rashid Qodirovich bilan hech qanaqa ish qilgan joyim ham yo‘q boshqa narsam ham yo‘q.

Ozodlik: Hozir hibsda qolayotgan Toshkent shahar sobiq prokurori Mirag‘lam Mirzev bilan biznes aloqalaringiz bo‘lganmi ?

Fayziev : Absolyutno hech qaysisi bilan aloqam ham bo‘lmagan, hech qanaqa gapim ham yo‘q.

Ozodlik: Sizning uyingizda 21 mart kuni Bosh prokuratura sanksiyasi bilan tintuv o‘tkazilgani haqidagi iddaoga nima deysiz? Pasportingiz olib qo‘yilgani va shaharni tark etmaslik haqida tilxat yozganingizchi?

Fayziev: E, bu gaplar hammasi tuhmat gaplar. Tintuv bo‘ldi-pintuv bo‘ldi, degan gaplar. Pasportim mana tortmada turibdi. Yordamchim Abrorga aytaman, sizga Telegramdan yuborvoradi. Oproverjenie berish kerak bunaqa gaplarga. 21 mart kuni Samarqandda edim. Gapning qisqasi, meni ko‘rolmaydigan dushmanlarning ishi bu.

Ozodlik: Siz haqda lavozimini suiiste’mol qilib oziq -ovqat import-eksporti monopoliyasini qo‘lga kiritgan yirik korchalon, degan gap bor. Bir vaqtnig o‘zida ham davlat mulozimi, hamda “Ravnaqbank” egasi bo‘lishingiz yuzasidan izoh bera olasizmi?

Fayziev: "Ravnaqbank" meniki emas.

Ozodlik: "Sitimed" tibbiyot-diagnostika markazi¸ ”Farovon”to‘yxonasi, «Izobiluyushchiy» restorani sizga oid emasmi?

Fayziev: "Sitimed"ni qizim ochgan. "Farovon" biznesmenlarniki. Umuman men chestniy odamman. Bir lavozimda 24 yildan beri mehnat qivomman bilasizmi? “O‘zbeksavdo” tizimida ishlaganman¸ “Oziq-ovqat” ta’minot tizimida ishlaganman. Oxirgi qaror bilan “O‘zbekoziqovqatzaxira” tizimida ishlavomman. Unaqa gunoh ishlarni hayotda qilmaganman¸ dedi Ozodlik bilan suhbatda «O‘zbekoziqovqatzaxira» raisi 73 yashar Zafar Fayziev.

"Import og‘asi"

Keyingi 25 yil mobaynida O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari importi Zafar Fayziev bilan chambarchas bog‘liq ekani aytiladi. Zafar Fayziev O‘zbekistonda "kriminal avtoritet" sifatida bilingan tadbirkor Salim Abduvaliev bilan quda tutingan. Fayzievning nabirasi Abduvalievning o‘g‘liga turmushga chiqqan. Ayni paytda Zafar Fayziev Ozodlik bilan suhbatda hukumat e’tirofiga sazovor bo‘lganini fahr bilan tilga oldi:

- "Mehnat shuhrati" ordeni olganman 2001 yilda Karimovning o‘z qo‘llaridan. Undan oldin, 1995 yili "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan savdo xodimi" unvoniga sazovor bo‘lganman, - dedi Zafar Fayziev.

XS
SM
MD
LG