Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:12

Eronliklarni Navro‘z bilan tabriklagan Tramp, Tehron hukumatini tanqid qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp eronliklarni Navro‘z bilan tabrikladi, ammo o‘z tabrigi davomida mamlakat hukumatini hamda Eron Inqilobiy gvardiyasini tanqid qildi.

Prezident Trampning 19 mart kuni e’lon qilingan tabrigida:

- Jahon bo‘ylab bahor kelishini nishonlayotgan millionlab odamga go‘zal va huzur-halovatli Navro‘z tilayman, - deyiladi.

Ammo Tramp eronliklar «xalq o‘rniga o‘ziga xizmat qiluvchi» yetakchilardan aziyat chekayotganini qo‘shimcha qildi.

Xususan, prezident Eron Inqilobiy gvardiyasini «Eron xalqini ezib, ularning haqini yeb, xorijda terrorizmi dastaklovchi jangovar armiya» deya qoraladi.

Tramp Inqilobiy gvardiya Suriya hukumatini dastaklash, Suriya, Iroq va Yamandagi shia guruhlarni qo‘llash uchun 16 milliard dollardan oshiq mablag‘ sarflaganini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, gvardiyani Eron xalqini «qashshoqlashtirish, mamlakat ekologiyasini buzish hamda inson huquqlarini poymol qilishda» aybladi.

Prezident o‘tgan yilgi Navro‘z tabrigida siyosatga to‘xtalmagan edi.

19 mart kuni AQSh Davlat departamenti an’anaviy Navro‘z tabrigini e’lon qildi. Tabrikda yil boshida namoyishga chiqqan eronliklar olqishlandi.

AQSh davlat kotibi o‘rinbosarri Jon Sullivan:

- Keyingi yil davomida ozodlik, qadr-qimmat hamda inson huquqlariga bo‘lgan hurmat uchun namoyishga chiqib, o‘z fikrlarini izhor qilib kelayotgan eronliklar meni ruhlantirdi, - dedi.

- Qo‘shma Shtatlar so‘z, din va tinch yig‘inlarda qatnashish kabi fundamental huquqlarni qayta qo‘lga kiritish uchun kurashayotganlarni qo‘llaydi, - deya so‘zini davom ettirdi diplomat.

- Navro‘z kelajakdan kutgan umidlarimiz haqida o‘ylash ayyomidir. Kelayotgan yil barchaga farovonlik, erkinlik hamda ravnaq olib kelsin.

Sullivan nafaqat eronliklarni, balki bayramni nishonlayotgan AQSh, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Xitoy, Gruziya, Hindiston, Eron, Iroq, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Suriya, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston hamda butun dunyo aholisini bayram bilan tabriklashini aytdi.

XS
SM
MD
LG