Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:33

Endi o‘zbekistonliklar Tojikistonga vizasiz bora oladi


Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi "Andarxon" nazorat-o‘tkazish maskanida.
Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi "Andarxon" nazorat-o‘tkazish maskanida.

16 martdan boshlab tojikistonliklar O‘zbeistonga vizasiz kela boshlagan edi. Tojikiston parlamentining quyi palatasi 19 mart kuni “Fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisi” to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qildi.

Hujjatga binoan, O‘zbekiston fuqarolari viza rasmiylashtirmasdan Tojikiston hududida 30 kungacha bo‘lishlari mumkin.

Kelishuvni parlamentga TR TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Nizomiddin Zohidiy taqdim qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, yangi hujjat kuchga kirishi bilan 2000 yil 16 may kuni qabul qilingan davlatlararo bitim o‘z kuchini yo‘qotadi. Parlament deputati Ahmadjon Sobirov Kelishuvni «tarixiy hujjat» deya baholadi.

Bundan avval parlament quyi palatasi matbuot xizmati, “Fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisi” to‘g‘risidagi Bitim fuqarolarning har ikki mamlakat hududlarida vaqtincha bo‘lishlarini, vizasiz va tashkilotlarning xizmat safarlari bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirishini aytgan edi.

«Bundan tashqari, xalqaro avtomobil harakatlarida ishtirok etuvchi haydovchilarga bir yillik viza beriladi», - deya ta’kidlanadi matbuot xizmati xabarida.

Ikki mamlakat fuqarolarining qo‘shni davlat hududlarida 30 kun muddatda bo‘lishiga ruxsat beruvchi “Fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisi” to‘g‘risidagi Bitim Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari tomonidan Shavkat Mirziyoevning Dushanbega davlat tashrifi chog‘ida 9 mart kuni imzolangan edi.

O‘zbekiston parlamenti “Fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisi” to‘g‘risidagi Bitimni hozircha ratifikatsiya qilmadi. Biroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘z qarori bilan iste’sno tariqasida, Bitim kuchga kirguniga qadar, 2018 yilning 16 martidan boshlab Tojikiston fuqarolarining O‘zbekistonga vizasiz kelishiga ruxsat berdi. Xabarlarga qaraganda, Shavkat Mirziyoev o‘z qarori bilan Navro‘z bayrami munosabati bilan ikki mamlakat xalqlarining bir-birlariga bordi-keldilarini yengillashtirgan.

XS
SM
MD
LG