Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:44

Tojikistonliklar O‘zbekistonga vizasiz o‘ta boshladi


O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlaridan biri oldida tojikistonliklar navbat kutib turibdi.
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlaridan biri oldida tojikistonliklar navbat kutib turibdi.

16 mart, ertalab Tojikiston bilan O‘​zbeksiton o‘rtasidagi chegara nazorat-o‘​tkazish punktlari orqali tojik fuqarolari O‘​zbekiston hududiga vizasiz o‘​ta boshladi. Ayni damda, Tojikiston milliy xafvsizlik qo‘​mitasi qoshidagi Chegara qo‘​shinlari tojik fuqarolarni O‘​zbekistonga o‘​tish tartibi borasidagi hujjatni chop etdi.

Tojikistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh mintaqalaridan kelayotgan xabarlarda bugun ertalab yuzlab tojik vatandoshlari O‘zbekiston hududiga o‘tib borayotliklari aytilmoqda.

Masalan, Tojikistoning Konibodom va O‘zbekistoning Beshariq tumanlarini bog‘laydigan “Ravot” o‘tkazish punktidan o‘nlab tojik vatandoshlari Beshariq tumanidagi qarindosh-yaqinlarinikiga yo‘l olgan.

Ammo o‘tayotganlar orasida ho‘jandlik Shahlo Mamajonova Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek chegarachilari uning O‘zbekiston hududiga o‘tishiga ijozat bermaganidan shikoyat qildi.

Mamajonovaga ko‘ra, u bir soatcha chegarada turib qolgan. Bu muddat ichida yigirmadan ortiq tojik vatandoshlari bemalol O‘zbekiston hududiga o‘tgan, faqat bu ayolga o‘tishga ijozat berilmagan.

“Men o‘​tgan yili O‘​zbekistondan deportatsiya bo‘​lgandim. O‘​zbek chegarachilari menga “deportatsiya muddati bir yil ekan. Sizga 28 aprel kuni O‘​zbekiston hududiga o‘​tishga ijozat beriladi, deyishdi”- dedi Shahlo Mamajonova.

Ma’lum bo‘lishicha, bu ayol Tojikistonda tug‘ilib o‘sgan, O‘zbekistoning Chodak qishlog‘iga turmushga chiqqan. Ammo 2017 yil aprel oyida u O‘zbekistonda yashash tartibini buzish ayblanib, bir yil muddatga O‘zbekistondan chiqarib yuborilgan. Shahlo Mamajonovaning eri va bolalari Chodakda qolgan.

Ayni paytda, Tojikiston milliy xafvsizlik qo‘mitasi qoshidagi Chegara qo‘shinlari O‘zbekistonga o‘tish tartibi borasidagi bayonot berdi.

Ushbu bayonotda O‘zbekiston hududiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, jumladan, diplomatik, xizmat pasportlari, shuningdeg xorijiy biometrik pasportlar ro‘yxatini chop etilgan.

Oldin O‘zbekiston tomoni Tojikiston fuqarolarining plastik pasport bilan bu mamlakatga o‘tish imkoni yo‘qligini e’lon qilgandi.

Chegara qo‘shinlari ro‘yxatida “Tojikistonga qaytish hujjati” ham zarur ekanligini ta’kidlagan.

Chegara qo‘shinlari matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xojaev Ozodlikka bu hujjat qanday bo‘lishini izohlab berdi.

“Tojikiston fuqarolarining O‘​zbekiston hududida pasportlari yo‘​qolsa, ularga bu mamlakatdagi Tojikiston konsulligida shaxsni tasdiqlovchi hujjat beriladi. Tojik vatandoshi ushbu hujjat bilan vatanga qaytish imkoniga ega bo‘​ladi”,- dedi Ulug‘xojaev.

Muhammad Ulug‘xojaevning qo‘shimcha qilishicha, Chegara qo‘shinlari bayonotida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegaraning avtomobil yo‘llari va temir yo‘ldagi nazorat-o‘tkazish punktlari ro‘yxati va ularning faoliyati borasida ma’lumot berilgan.

Ayni damda Tojikiston rasmiy agentligi “Xovar”ning xabar berishicha, 16 mart kuni Prezident Imomali Rahmonning farmoyishiga binoan Dushanbedan avtomobillar karvoni O‘zbekistoning Samarqand va Buxoroga yo‘l olgan.

Karvon hay’atida jurnalistlar, operatorlar, ziyolilar, turistik shirkatlar rahbarlari bor.

Ushbu karvon Tojikistondagi “Skay Tur”sayyohlik shirkati va “Raxsh Taksi 3333” shirkati tomonidan tashkil etilgan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, 14 mart kuni O‘zbekiston tomoni vizasiz bordi-keldi masalasida ichki davlat protseduralarini yakunladi va prezident 9 mart kuni Dushanbeda imzolangan fuqarolarining o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni tasdiqladi.

Tojik parlamenti bitimni kelasi haftada ratifikatsiya qilishi kutilmoqda. Bitim tasdiqlangach, o‘zbekistonliklar Tojikistonga vizasiz bora oladi.

Tojikiston fuqarolari 16 martdan boshlab diplomatik, xizmat va xorijga chiqish umumiy fuqarolik pasporti bilan O‘zbekiston hududida vizasiz 30 kungacha bo‘lishlari mumkin.

XS
SM
MD
LG