Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:57

Namanganlik bloger Bosh vazirni “haqorat” qilganlikda ayblanib, ishi sudga oshirildi


Namanganlik bloger Abbos Nasriddinov
Namanganlik bloger Abbos Nasriddinov

O‘zbekistonning birinchi prezidenti qizlari va mamlakat Bosh vaziri haqida Fasebook tarmog‘ida “nojoiz” gap aytgani bois ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmenti faoli¸ namanganlik 59 yashar Abbos Nasriddinovning ustidan ochilgan ma’muriy ishni ko‘rish 22 fevral kuni Namangan shahar ma’muriy sudida boshlanadi.

Namangan shahar ma’muriy sudi mulozimining Ozodlik muxbiriga aytishicha¸ Nasriddinov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 40- moddasi (Tuhmat qilish)¸ va 41- moddasi (Haqorat qilish) bo‘yicha gumonlanib ishi sudga oshirilgan.

Mulozimga ko‘ra¸ mazkur “ish” namnews.uz portali ijrochi direktori va Yoshlar Ittifoqi Namangan shahar kengashi rahbari Anvar Ikromovning 14 yanvar kungi arizasiga binoan ochilgan.

Mulozimning yana aytishicha, “Abbos Asad", degan nom ostida FB yuzeri bo‘lgan Abbos Nasriddinovning tarmoqda qoldirgan yozuvlari besh kishilik ekspertlar guruhi tarafidan tekshirilgan va “matnda haqorat va tuhmat alomatlari bor” degan xulosa sudga taqdim qilingan.

Mulozimning ta’kidicha, “Nasriddinov birinchi prezidentning qizlari sha’niga nojoiz gapni va “Bosh vazir Aripov ketsin”, degan chaqiriqni o‘z sahifasiga joylashtirgan.

Sud mulozimining Ozodlikka bildirishicha, “Nasriddinov ishi 22 fevral kuni Namangan shahar Yengil Sanoat kollejida ma’muriy ishlar bo‘yicha sayyor sud majlisida ko‘rib chiqiladi”

Bloger Abbos Nasriddinov 21 fevral kuni Ozodlik bilan suhbatda so‘z erkinligi doirasidan chiqmagani va bu ayblovlarning asossiz ekanligini aytdi:

- Jurnalist Alisher Taksanovning Feysbukdagi “Mne ne jalko Sherzoda Kudratxodjaeva”, degan maqolasini o‘zbek tiliga tarjima qilib o‘zimning va uning profiliga qo‘yganman. Bundan tashqari, Xalqaro Press Klubning onlayn ko‘rsatuvlari taqiqlanganida Aripov ketsin! degan post qo‘yganman. Innaykeyin, mening ustimdan MXXga ariza ëzgan Anvar Ikromov Feysbukda Karimovni maqtab post qo‘yganida, Karimov davlatga 8 trln. so‘m moddiy zarar yetkazgan qizlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan, - deb sharh qo‘yganman¸ dedi bloger.

Uniing aytishicha¸ Yoshlar Ittifoqi Namangan shahar kengashi rahbari Anvar Ikromovning MXX Namangan viloyat boshqarmasiga yozgan shikoyatidan keyin 24 yanvardan beri bir necha marta mahalla qo‘mitasiga chaqirtirilgan:

- "Terrorizmga qarshi kurash idorasi vakiliman", deb aytgan kishi men bilan suhbatlashdi¸- dedi Abbos Nasriddinov.

2006 yili “chegarani noqonuniy kesib o‘tganligi” uchun 6 oy qamoq jazosi olgan Abbos Nasriddinov Ozodlik bilan suhbatda “Aslida bu Fergana.ru nashrida chop qilgan maqolalarim uchun hukumatning o‘ch olishidir”, dedi.

Namangan sudining ismi aytilishini istamagan mulozimi Ozodlik muxbiriga “Abbos Nasriddinovning ijtimoiy tarmoq yuzerlarining diniy tuyg‘ularini kamsitadigan¸ islomiy esktremistik ruhdagi post va izohlari” ham kerakli tashkilotlar tarafidan kuzatib borilayotganligini aytdi.

Abbos Nasriddinovning o‘zi esa bu ayblovni inkor qildi:

- Diniy masalada men ehtiyotkorman. Faqat sekulyar ekstremistlarga kerak joyida qattiq javob bergan joyim bor. Umuman men Konstitutsiyada kafolatlangan so‘z erkinligi doirasidan chiqmaganman¸ dedi namanganlik bloger.

22 fevralga belgilangan sud majlisida Nasriddinovning ayb o‘z tasdig‘ini topsa, eng kam oylik maoshning 60 martasi miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG